A.V. Vahobov. T.S. M alikov
iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur
bo‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular
jumlasidandir.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiyotining darajasini va ularning xo‘jalik hayotidagi makro-
iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliya ahvolini belgilab
beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o‘sish, YalM va MD oshib
borishi sharoitida moliya o‘z muntazamliligi va barqarorligini
namoyon etadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi va
mam lakat fuqarolarining turm ush darajasi ortib borishini
rag‘batlantiradi.
Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi,
ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaviy ahvol keskin yomonlashadi.
Bu narsa, o‘z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan
moliyalashtiriladigan byudjet defitsitining kattaligida, pul emissiya-
sida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo‘yicha
xarajatlarning ko‘payishida namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi
inflyasiya kuchayishiga, xo‘jalik aloqalari buzilishiga, o ‘zaro
to‘lovlarga layoqatsizlikda, pul surrogatlarining paydo bo'lishiga,
barterli bitimlarning ko‘payishiga, soliqlarni undirish borasida
qiyinchiliklaming kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o‘z vaqtida
moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining
pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy
munosabatlarda ishlab chiqarishdagi real sohalarning holatibirinchi
darajali ahamiyat kasb etadi.
Moddiy mazmuniga ko‘ra moliya pul mablag‘larining maqsadli
fondlarini ifoda etadi. Ularning jami yig‘indisi, oxir oqibatda,
mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Mamlakat
moliyaviy resurslari o ‘sishining asosiy' sharti MDning ortishi
(ko‘payishi)dir. Bir vaqtning o ‘zida, «moliya» va «moliyaviy
resurslar» teng kuchli bo‘lmagan tushUnchalar hisoblanadi.
Moliyaviy resurslar o‘z-o‘zicha moliyaning mohiyatini aniqlab
bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy yo‘nalishlarini ocha
olmaydi. Moliya fani resurslarning o‘zini emas, balki resurslarni
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan
10
_________________________________________
Msdim
ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi. Bu fan moliyaviy munosa-
batlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi^
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga
tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bo'ladi.
Moliya — bu, eng awalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning
yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi
amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Davlat
kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning
manfaatlari uchun bu mablag‘lardan foydalanadi?» degan savolning
tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi.
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki
boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar
orqali ham amalga oshiriladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MD
taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho
mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin
bo‘lgan pul mablagMarining o'lchamini aniqlaydi va navbatdagi
taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos sifatida maydonga
chiqadi. Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va
shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto
minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan
ko'rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa,
ijtimoiy to‘lovlarni o'zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga
majbur bo‘Iadi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida
davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlaming bahosini
o‘zgartirayotir. Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va
bojxona daromadlarini undirishda davlaj; tomonidan foydalaniladi.
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko‘plab tovar
guruhlari bo‘yicha sotib olish bahosi bo'yicha emas, balki
haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo'yicha
undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan
taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi
baholar ortadi.
!
11
А. V. Vahobov. T.S. M alikov
Moliya va kredit m ustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-
biri bilan uzviy bog'liqdir. Ular uzluksiz ham korlikda korxonalar
pul fondlarining keng koMamdagi doiraviy aylanishiga xizmat qiladi.
K redit bank tizimi va maxsus m oliya-kredit institutlari to m o n id an
amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini ifodalaydi. Bank krediti
sifatida sof ko'rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog'liq
emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada
aniqlangan — bu darom adlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik
uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni m odernizatsiya qilish
ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning o ‘zida, kredit
- byudjet defitsiti va byudjet - kassa uzilishini (navbatdagi
darom adlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash
uchun bank xizm atlari zarur b o ‘lgan paytda) qoplashning m uhim
shakli. 0 ‘z navbatida, agar byudjet m ablag'lari tijorat banklarining
hisob varaqlarida saqlanayotgan b o ‘lsa, bu banklar u chun m uhim
ssuda manbaidir.
K redit moliya (moliyalashtirish) o'zining qaytariluvchanligi va
haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o'zida, har ikki holatda ham
ular pul m ablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi ham da kredit
va m oliya pul m unosabatlari doirasidan chetga chiqm aydi. H atto ,
tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. B anklar korxonalar
va aholining b o ‘sh pul m ablag‘larini akkumulyasiya qiladilar va
ulam i ta ’m inlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va m uddatlilik
asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar m oliya
qiym atning bir tom o n lam a va qayta tiklanm aydigan (qaytaril-
m aydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga
belgilangan m uddatda oldindan o ‘rnatilgan foizlarni to ‘lagan holda
qaytarilishi kerak.
Yuqorida keltirib o ‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga,
pul tabiatiga ega bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning
belgilari xosdir. M asalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda
pulli to 'lan m a, ya’ni pul deb atalishi m um kin. Biroq, bu oddiy pul
b o ‘lm asdan sarflangan m ehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tom onim izdan amaldagi qonunchilikka muvofiq
ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Q onunga rioya
etm aslikjazo choralarining qo‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan
12
|