29-§ BIOLOGIYADAN FAKULTATIV ASHG‘ULOTLARNI TASHKIL
ETISH
Uzluksiz ta’lim
tizimida biologiyadan
о‘quvchilarning fan asoslarini
mustahkam va chuqur
о‘zlashtirishga bо‘lgan qiziqishlari
va ehtiyojlarini
rivojlantirish,
о‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qо‘llash, kasbga yо‘naltirishni
amalga oshirish, tajriba
qо‘yish va kuzatish о‘tkazish, qо‘shimcha
adabiyotlar
ustida mustaqil ishlash
kо‘nikmalarini shakllantirish,
tabiatga nisbatan ongli
munosabatni tarkib toptirish maqsadida
о‘qitish jarayonining yangi shakli
fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlar kamida 34 soatga
mо‘ljallangan bо‘lib, о‘quv yili
davomida haftasiga 1 soat yoki yarim yilda haftasiga 2 soatga
mо‘ljallangan bо‘lib,
mazkur mashg‘ulotlar darsgacha yoki darsdan keyin
о‘tkaziladi.
Biologiya
о‘qituvchisi fakultativ mashg‘ulotlarning
guruhlarini
о‘quvchilarning hohish-istagi asosida bir sinf yoki parallel sinf о‘kuvchilaridan
tuzadi, guruhlarda
о‘quvchilar soni 10 tadan kam bо‘lmasligi kerak.
Fakultativ mashg‘ulotlar uchun
о‘quv soatlari harakatdagi о‘quv rejadagi
maktab ixtiyoriga berilgan soatlar hisobidan ajratiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlarning samaradorligini
oshirish uchun
о‘qituvchi
о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy,
mustaqil va ijodiy
fikr yuritish
kо‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan о‘qitish metodlari,
vositalari va shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Fakultativ mashg‘ulotlarda
о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga keng
о‘rin berish barobarida ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari,
ekskursiyalardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: