Biologiyadan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi. Reja: Biologiyadan tashkil etiladigan amaliy mashg`ulotlarining maqsadi va vazifalari Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazishda innovatsion texnologiyalardan
BIOLOGIYADAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI. REJA: 1.Biologiyadan tashkil etiladigan amaliy mashg`ulotlarining maqsadi va vazifalari 2.Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Oliy ta`lim muassasalarida biologiyani o`qitish shakllari ma`ruza, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlari sanaladi. Biologiyani o`qitishda ma`ruza mashg`ulotida talabalar nazariy bilimlarni o`zlashtirsalar, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda esa, o`zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliyotga joriy etish amalga oshiriladi. Shu sababli, amaliy mashg`ulotlarni maqsadga muvofiq tashkil etish, mazkur mashg`ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri sanaladi.
Amaliy mashg`ulotlarining maqsadi – talabalarni faol ta`lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish, izlanish ko`nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam berish, oliy ta`lim muassasalari biologiya fani bo`yicha o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishga o`rgatish.
Amaliy mashg`ulotlarida yangi materialni o`rganish, kuzatish, tabiiy ob`ektlardan keng foydalanish usulini tatbiq etish ko`zda tutiladi. Bunday mashg`ulotlar real bilimlarni to`plash, amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida o`tkaziladi. Tabiiy ob`ektlarni kuzatish mobaynida talabalar o`qituvchi tomonidan tayyorlangan uslubiy qo`llanmanalar va tavsiyalardan foydalanadilar. Odatda, ularda ishning maqsadi mujassamlashgan, hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritilgan bo`ladi. Bunda qo`llanma varaqasida qo`yilgan masala talabalar tomonidan mustaqil yechilishi hisobga olinib tuzilgan.
Ushbu topshiriq varaqalari mashg`ulotda, amaliy mashg`ulotda yakka tartibda ishlashda yoki uyda mustaqil bajarishga mo`ljallangan.
O`qituvchining amaliy mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish mahorati quyidagilarda namoyon bo`ladi. O`qituvchi o`zining pedagogik faoliyatini tashkil etishda dastlab: • oliy o`quv yurti oldidagi vazifalar; • o`qitiladigan fanning mutaxassisni tayyorlashdagi o`rni; • ta`lim-tarbiya jarayoniga qo`yiladigan zamonaviy talablar; • fani bo`yicha o`tkaziladigan o`qitish shakllarini tashkil etishga qo`yiladigan talablarni uzviy ravishda tasavvur etishi zarur.
Yuqorida qayd etilganlar o`qituvchining ta`lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishida dasturulamal bo`lib xizmat qiladi. Shu sababdan o`qituvchi o`rganiladigan mavzuning didaktik maqsadini hisobga olgan holda: Ma`ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda o`qitishning samarali vositalari va metodlaridan foydalanish; Ta`lim-tarbiya uzviyligini ta`minlash, talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik printsiplari va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda ma`naviy va ahloqiy fazilatlarni rivojlantirish yo`llarini belgilash va amalga oshirish; Talabalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini aniqlash;
• Talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g`oyani singdirish yo`llarini belgilash; • Talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish, mazkur faoliyatni faollashtirishning samarali vosita va metodlarini, o`quv motivlarini rivojlantirish yo`llarini aniqlash; • O`qitishda amaliy masalalarga e`tiborni qaratish, talabalarda o`quv, amaliy va mehnat, ijodiy va mustaqil fikrlash ko`nikmalari, atrof muhitga ongli munosabatni tarkib toptirish, ta`limning kasbiy yo`nalishini amalga oshirish; • o`qitish jarayonida teskari aloqani amalga oshirish, ya`ni talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini o`zlashtirish darajasini reyting tizimi orqali muntazam nazorat qilish, olingan natijalarga muvofiq o`qitish jarayoniga tegishli o`zgartirishlar kiritish kabi muammolarni hal etish lozim.
Talabalarni fanning nazariy asoslari va bilimlari bilan qurollantirish, ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini uyg`un tanlash orqali ta`lim samaradorligiga erishishni nazarda tutishi lozim. Oliy ta`limdagi o`qitish jarayoni ta`lim mazmuni, o`qitish vositasi, metodlari va shakllarini tashkil qilishning ko`pqirrali yagona tizim shaklida amalga oshiriladi. Oliy ta`limdagi o`qitishning shakl va metodlari yig`indisi o`quv jarayonining ob`ektiv qonuniyatlari bilan belgilanadigan yagona didaktik majmuani tashkil etadi. Oliy ta`limdagi o`qitishning shakl va metodlari tasnifi o`zaro bog`langan va o`zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi: o`quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo`yicha o`qituvchilarning pedagogik faoliyati; Talabalarning o`quv va bilish faoliyati.
Oliy ta`limdagi o`quv jarayoni shakllariga ma`ruza, seminar va amaliy mashg`ulotlar, laboratoriya mashg`ulotlari, o`quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o`quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil tahsili kiradi. Amaliy mashg`ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuga doir ko`nikma va malakalarni muntazam o`zlashtirib borib, savol va topshiriqlarda o`zini mashq qildirib, tabiiy ob`ektlar bilan tajribalar o`tkazib va ularni kuzatib, biologiya fani bo`yicha o`quv adabiyotlaridan olingan bilimlarni talabalar yanada aniqlashtirib oladilar, ularni chuqurlashtirib, boyitib borishadi. Amaliy ishlari jarayonida bajarilayotgan tajribaviy amallarning algoritmini (ketma-ketligi) o`rganib borishadi.