mustaqilligi va millat farovonligi uchun kurashgan jadidchilik xarakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat
va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat
о‘zbek
olimlari ichida birinchi
bо‘lib, о‘sha davrda
professor unvoniga e ga
bо‘lgan
olimdir. Fitrat
о‘z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif
ishlari,
bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni
tarbiyalash
yо‘llari haqida tо‘xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni о‘rganishga
da’vat etgan. U mamlakatni rivojlanishi uchun
chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bо‘lishi lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri
bо‘lgan davrda
talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilg‘or Yevropa ilm-fan, tabobat,
texnika sirlarini
о‘rganish uchun yuborish tashabbuskorlaridan biri bо‘ldi. Fitrat
insonning kamolotga yetishish uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega
ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega
bо‘lmasa, unday
inson uzoq yashamasligini qayd qiladi. Bolalarning ilm olishi bilan birga ularning
badan tarbiyasiga ahamiyat berilishi lozim. Fitrat bolalarning sog‘lom
bо‘lib,
kamol topishi haqida gapirar ekan, ularni yoshligidan sof havodan bahramand
qilishni tavsiya etadi. Fitratning ahloqiy tarbiya haqidagi fikrlari ham muhim
ahamiyatga ega. Fitratning uqtirishicha, bolalar suvga
о‘xshaydilar. Suv qaysi
rangdagi idishda
bо‘lsa, о‘sha rangda tovlangan kabi bolalar ham qanday muhitda
bо‘lsalar, о‘sha muhitning har qanday ahloq va odatni qabul qiladilar. Madaniyatli
millat
bо‘lish uchun bolalarning ahlok tarbiyasiga katta ahamiyat berish kerakligi
qayd etadi. Fitrat ahloqiy tarbiyada, avvalo, ota-ona va muallimlarning
о‘zlari
gо‘zal ahloli bо‘lishlari zarurligini aytadi. Fitrat vatanning ravnaq topishi uchun
dunyoviy ilmlarni egallashga da’vat etadi.