Amortizatsiya
Eskirish
Amortizatsiya - asosiy vositaning
foydali xizmat muddati davomida
amortizatsiya qiymatini muntazam
ravishda taqsimlash va ko‘chirish
ko‘rinishida
eskirishning
qiymat
ifodasidir.
Eskirish asosiy vositalardan
foydalanish vaqtida ularning
texnik
ishlab
chiqarish
xossalarini asta-sekinlik bilan
yo‘kotishi jarayonidir.
Amortizatsiya
hisoblash
asosiy
vositaning eskirishini hisobga olgan
holda qiymatini mahsulot tannarxiga
o‘tkazilishi hisoblanadi.
Amortizatsiya ishlab chiqarish jara-
yonida is’temol qilingan asosiy vosi-
talar qiymatini shakllantirish maqsa-
dida
pul
fondini
shakllantirish
jarayonidir.
Eskirish
ishlab
chiqarish
jarayonida asosiy vositalardan
foydalanish
xususiyatlariga
bog‘liq.
Umumiy xulosa qilib aytganda eskirish amortizatsiyaning dastlabki
shart sharoitidir.
280
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish
jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma
aktivlar” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q. Korxona doimiy kapitalining
tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg‘i, energiya resurslari,
yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi
kuchlarini yo‘llash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak
(avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan
qo‘shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.
“Joriy aktivlar” tovar-moddiy zahiralar, kelgusi davrlar
xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi,
debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy
qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar so‘mmalaridan iboratdir. Ular
quyidagilardan iboratdir:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018-yil 27-
avgustda 21-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Tovar-moddiy
zahiralar”ga muvofiq tovar-moddiy zahiralarga quyidagi alohida
oshkor qilinadiganlar kiritiladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar
ko‘rsatishda foydalanish uchun mo‘ljallangan xom ashyo, xarid
qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar,
yoqilg‘i, idish, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa
materiallar zahiralarini, parvarish qilinayotgan va bo‘rdoqiga
boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish
bo‘yicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni o‘z ichiga
oladigan ishlab chiqarish zahiralari;
b) tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab
chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi
va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni o‘z ichiga
oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish;
d) tayyor mahsulot;
e) tovarlar.
2. Debitorlik qarzlari. Debitorlik qarzlari bo‘yicha xaridor va
buyurtmachilarning qarzlari, alohida bo‘linmalar qarzlari, sho‘ba va
tobe xo‘jalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan bo‘naklar,
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga
281
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, davlat maqsadli
jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ustav
sarmoyasiga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilarning bo‘nak to‘lovlari,
boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzlari hamda boshqa
debitorlar qarzlari so‘mmalari hisoblanadi.
3. Pul mablag‘lari bo‘yicha kassadagi naqd pul mablag‘lari
qoldig‘i,
hisob-kitob
raqamidagi
pul
mablag‘lari,
valyuta
hisobraqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari
(bankdagi maxsus hisobraqamlar, pul ekvivalentlari, yo‘ldagi
(o‘tkaziladigan) pul mablag‘lari) summalari oshkor qilinishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma
mablag‘larga yetarli tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat
yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab
chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material,
yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan
holda qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi
hamda aylanma mablag‘lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish
samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Kapitalning aylanishi 3 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
–
tayyorlash(sotib olish),
–
ishlab chiqarish
–
sotish.
P-T-i/ch-T-P
Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy
boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar
(D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash
jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va
birinchi o‘rinda aylanma ishlab chiqarish fondlari, tugallanmagan
ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar
shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti
shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi
(T-P).
282
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib,
to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish
mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va
muomala fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning
moddiy-buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish
jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki
asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalash-
tirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehti-
yojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarishda band bo‘lgan aylanma mablag‘lar kattaligini
belgilovchi asosiy omillar bu, mahsulot tayyorlashning ishlab
chiqarish sikli uzunligi, mehnatni tashkil qilish, texnika va
texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat predmetlari va
qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag‘lar kattaligi,
shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta’minot va mahsulotni
sotish tizimini tashkil qilish darajasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni
aytish mumkinki, aylanma mablag‘lardan quyidagi hollarda
foydalaniladi:
–
xom ashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni
tashkil qilishda zarur bo‘lgan boshqa mehnat predmetlari;
–
ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr
energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun haq to‘lash;
–
korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish
haqi to‘lanishi;
–
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash.
Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi
sharoitlarida aylanma mablag‘lar, birinchi o‘rinda moddiy
resurslardan ratsional foydalanish va ularni shakllantirish zahiralarini
izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Bunda zahira deganda, moddiy va pul resurslarini yaxshilashning
283
yuzaga kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali foydalanilmagan
(to‘liq yoki qisman) imkoniyatlarini tushunish lozim.
Demak, umumlashtrilgan holda xulosa sifatida aytadigan
bo‘lsak, aylanma aktivlar korxonaning aktivlarga investitsiya
qilingan mablag‘larining joriy aktivlarga investitsiya qilingan
qismini o‘zida aks ettiradi. Ular korxonalarning meyordagidek
faoliyati uchun zarur bo‘lib, ishlab chiqarish va muomala fondlarini
tashkil etadi.
Aylanma aktivlar o‘zlarining iqtisodiy tavsifiga ko‘ra bir qator
guruhlarga
turkumlanadi.
Bularni
quyidagi
turkumlanishida
ko‘rishimiz mumkin.
1. Ishlab chiqarishdagi funksional roliga bog‘liq holda:
–
Aylanma ishlab chiqarish fondi;
–
Muomala fondlari.
Aylanma mablag‘larning turkumlanishi.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish jaryonida 2 turga
ajratiladi: Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lar va ma’lum
darajada ishlab chiqarish jarayonidan chetlashga muomala fondlari.
Aksariyat iqtisodchilarning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish
jarayoniga jalb qilingan aylanma mablag‘lar tarkibida muomala
fondlarining haddan ziyod ko‘payib ketishi aylanma aktivlarning
samaradorligini pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
2. Nazorat amaliyoti, rejalashtirish va boshqarish amaliyotiga
bog‘liq holda:
–
meyorlashtirilgan
aylanma
mablag‘lar(meyorlashtirilgan
aylanma mablag‘larga barcha aylanma ishlab chiqarish fondlari va
shuningdek, muomala fondlarining bir qismi ham kiritiladi, qaysiki
korxona omborlarlaridagi realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot
ko‘rinishidagi qoldiqlar);
–
meyorlashtirilmagan aylanma mablag‘lar (mayorlashtirilma-
gan aylanma mablag‘larga muomala fondlarining boshqa element-
lari kiritiladi: istemolchilarga jo‘natilgan ammtulanmagan tovarlar,
pul mablag‘lari va boshqa hisob-kitoblar);
3. Aylanma mablag‘larni shakllantirish manbalariga bog‘liq
holda:
–
Xususiy aylanma mablag‘lar;
284
–
Qarz aylanma mablag‘lar.
4. Likvidliligiga bog‘liq ravishda:
–
Absolyut likvidli mablag‘lar;
–
Tez realizatsiya qilinadigan likvidli mablag‘lar;
–
Tez realizasiya qilinmaydigan mablag‘lar.
5. Kapital quyilmalar xarajatlari darajasiga qarab:
–
Past darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar;
–
O‘rtacha darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma
mablag‘lar;
–
Yuqori darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar.
6. Moddiy mazmuniga bog‘liq ravishda aylanma mablag‘lar:
–
Mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i,
tugallanmagan ishlab chiqarish);
–
Tayyor
mahsulot
va
tovarlar,
pul
mablag‘lari
va
hisob-kitobdagi mablag‘larga bo‘linadi.
5. Balansda aks ettirilish uslubiga ko‘ra aylanma mablag‘lar
quyidagicha guruhlanadi:
–
Zahiradagi moddiy aylanma mablag‘lar – Yez
–
Debitorlik Qarzlari – Yedz
–
Pul mablag‘lari – Yed.
Umuman xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aylanma aktivlarning
turkumlanishi ularning ishlab chiqarish jarayonidagi o‘ziga xos
xususiyatlariga asoslanadi. Aylanma mabag‘larning yuqoridagi
tartibda turkumlanishi, ularni tahlil qilish va boshqarish bo‘yicha
qarorlar qabul qilish asosiy omillardan biri vazifasini bajarishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |