3
KIRISH
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish
kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.
Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun
kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda
kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol
o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimiz-
dan biri bo‘ladi
1
.
Sh. M. Mirziyoev
Moliya – murakkab iqtisodiy fan sifatida iqtisodiyot nazariyasi,
makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, pul muomalasi va kredit va bank
tizimini o‘zida qamrab oluvchi bilimlar sohasidir. Shu boisdan ham
jamiyat taraqqiyotining
barcha bosqichlarida, bozor munosabat-
larining ajralmas qismi sifatida ahamiyatga molikdir.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi
iqtisodiy o‘sishning jadal suratlariga erishishni ta’minlash, moliyaviy
risklarni kamaytirish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga,
soliqlarning undiriluvchanligini yanada oshirish va samarali soliqqa
tortish konsepsiyasini amaliyotga keng tatbiq qaratilganligidir.
Ushbu masalalarning hal etilishi “Moliya va soliqlar” fanini
o‘qitishda innovatsion usullarni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ayniqsa moliya va soliqlar sohasida innovasiyalar ta’lim
texnolo-
giyalaridan keng foydalanish mamlakatimizda zamonaviy iqtisodiy
ta’limni rivojlantirishning tub mohiyatiga aylangan.
Shuning uchun ham iqtisodiy ta’lim yo‘nalishida ta’lim beruvchi
institutlarning sifatli ta’lim xizmatlarini taklif etish darajasini
oshirish va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etishga keng e’tibor
qaratish lozim.
“Moliya va soliqlar” fanini o‘rganish natijasida talabalar iqtisodiy
kategoriya sifatida moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati,
moliya
_______________________
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq
so‘zi, http://xs.uz, 2020-yil, 24-yanvar.
4
tizimining bo‘g‘inlari va ularning alohida tavsifi, turli mulkchilik
shakllarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari moliyasining
xususiyatlari, sug‘urta munosabatlarining
moliyaviy jihatlari
to‘g‘risida bilim ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Xalqaro moliyaviy
munosabatlar va uning hozirgi globallashuv sharoitidagi rivojlanish
tendensiyalari, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, yuridik va
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar to‘g‘risida bilim, malaka
va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. “Moliya va soliqlar” fani iqtisodiy
rivojlanishning bugungi sharoitida
milliy iqtisodiyotda moliya
tizimining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi va moliyaviy
resurslarni vujudga kelishi va uni sarflanishining umumiy
qonuniyatlari hamda mavjud mexanizmi to‘g‘risida nazariy va
amaliy bilimlarni qamrab oladi.
Ushbu fan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq
siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlarining ilmiy-nazariy asoslarini,
soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ko‘zda
tutilgan
masalalarni ham qamrab oladi. Umuman fan davlatning moliya-soliq
tizimi va uni hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi
isloh qilishning ilmiy- nazariy asoslarini o‘zida ifodalaydi.
Ushbu darslik 5230100 – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari
uchun mo‘ljallangan ushbu “Moliya va soliqlar” fani bo‘yicha
tayyorlangan bo‘lib, ixtisoslikning yangi DTS va malaka talablariga
mos holda tayyorlangan.
Darslik talabalarning fanni o‘zlashtirishini yanada soddalash-
tirishga qaratilgan bo‘lib, har bir mavzu yakunida nazorat savollari,
mustaqil ta’lim topshiriqlar va uy vazifasi uchun topshiriqlar
berilgan. Har bir bob o‘z ichiga mavzu doirasida 5
ta test
topshiriqlarini ham olgan holda o‘rganilayotgan paragraflarning
yanada yoritilishini ta’minlaydi.
Mazkur darslikning soliqlar qismi O‘zbekiston Respublikasi
soliqlar tizimi, soliqqa tortishni nazariy va amaliy jihatidan o‘rganish
va talabalarda mazkur fan bo‘yicha mustahkam bilim ko‘nikmalarini
shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Darslikda keltirilgan soliqlar va soliqqa tortish bo‘yicha
yoritilgan mavzular O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi, yuridik
va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va ularni undirish tartibi,
5
umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar tarkibi,
ularni hisoblash hamda byudjetga to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi
soliq
qonunchiligi, davlat soliq xizmati idoralari tizimi, soliq
sohasidagi ishlarni yuritish, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, rivojlangan
xorijiy chet el mamlakatlarining soliqlar tizimi va ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rgatadi.
Darslikda qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda
quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olingan:
– iqtisodiy islohotlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslardan
olinadigan
soliqlar turlari, ularni soliqqa tortishning o‘ziga xos
xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan yoritish;
– soliqlarni tuzilish tizimi va soliqqa tortish amaliyotini tashkil
etish uslublarini o‘rgatish;
– soliq qonunchiligi va soliq sohasidagi ishlarni yuritish
bo‘yicha qo‘shimchalar, o‘zgarishlarni kuzatib borish.
Darslik avvalo, 5230100 – Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi
talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan tashkilot rahbarlari,
magistrlar, korxona va tashkilotlarning moliyaviy menejerlari ham
foydalanishlari mumkin. Ayniqsa,
iqtisodchilar, buxgalterlar va
auditorlarning ish faoliyatida dasturamal va amaliy qo‘lanma
vazifasini ham bajaradi.