14
Moliya mexanizmining elementlari tarkibida fondlar va
to‘lovlarni miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng harakatchan
va tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining
hamda jamiyat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishiga qarab tez-tez
muvofiqlashtirilib turiladi. Masalan, pul mablag‘lari fondlarining
shakllari o‘zgarmagani holda, foydani taqsimlash usullari bir necha
bor o‘zgardi, taqsimlash qoldiq usuli, normativ usuli, majburiy
to‘lovlar usuli; soliq turlari o‘zgarmagani holda, ularning stavkalari,
imtiyozlar, sanksiya va jarima kabi jazo choralari bozor talablariga
ko‘ra tez-tez qayta qurilib, o‘zgarib turadi.
Respublikamiz soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali
faoliyat qilib kelgan oborot solig‘i o‘rniga joriy qilingan qo‘shilgan
qiymat solig‘i (QQS) stavkasi dastlab 30% miqdorida, keyinchalik
25, 20, 18, 17 % miqdorlarigacha tushirildi. Hozirgi kunda esa, 20%
lik miqdor qo‘llanilmoqda. Moliyaviy mexanizmni shakllantirish
bilan davlat uni u yoki bu davr moliya siyosati talablari bilan iloji
boricha to‘la mos kelishiga intiladi. Bu esa davlatning maqsad va
vazifalarini to‘laqonli bajarilishining garovi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: