Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

moliyaviy mexanizm
ni vujudga keltiradi 
Moliya mexanizmi
– taqsimlash va qayta taqsimlash muno-
sabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘ar-
malarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul 
fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar majmuidir. Moliya 
mexanizmi murakkab bo‘lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga 
xos elementlar kiradi. Aynan moliyaviy munosabatlar o‘zaro 
aloqalarning ko‘pligi ularni tashkil etishning turlari, shakllari va 
usullarini (moliya mexanizmi elementlarini) ko‘p miqdorda 
qo‘llashni taqozo etadi. 
Davlat o‘zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari 
yordamida iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur o‘rganish, moliyaning 


12 
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat 
vazifalarini o‘rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni 
taqsimlash usullarini o‘rnatadi, pul jamg‘armalarining shakllarini 
belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat 
moliyaviy resurslaridan foydalanish yo‘nalishlari va tamoyillarini 
ishlab chiqadi.
Moliya mexanizmini ma’muriy va tartibga soluvchi mexa-
nizmlarga bo‘lishimiz mumkin. 
Direktiv (ma

muriy) moliya mexanizmi –
davlat ishtirok 
etadigan moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, byudjet xara-
jatlari, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet qurilmasi va byudjet jara-
yonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishning barcha 
tizimlarini batafsil ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Ayrim hollarda 
boshqa, ya’ni butun moliya siyosatini amalga oshirilishida katta aha-
miyatga ega bo‘lgan (korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya 
munosabatalariga yoki bunday munosabat tomonilaridan biri – 
davlatning vakili bo‘lganda (davlat korxonalari moliyasi) ham tadbiq 
etiladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin