12
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat
vazifalarini o‘rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni
taqsimlash usullarini o‘rnatadi, pul jamg‘armalarining shakllarini
belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat
moliyaviy resurslaridan foydalanish yo‘nalishlari va tamoyillarini
ishlab chiqadi.
Moliya mexanizmini ma’muriy va tartibga soluvchi mexa-
nizmlarga bo‘lishimiz mumkin.
Direktiv (ma
’
muriy) moliya mexanizmi –
davlat ishtirok
etadigan moliya munosabatlari: soliqlar, davlat krediti, byudjet xara-
jatlari, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet qurilmasi va byudjet jara-
yonini tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishning barcha
tizimlarini batafsil ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Ayrim hollarda
boshqa, ya’ni butun moliya siyosatini amalga oshirilishida katta aha-
miyatga ega bo‘lgan (korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya
munosabatalariga yoki bunday munosabat tomonilaridan biri –
davlatning vakili bo‘lganda (davlat korxonalari moliyasi) ham tadbiq
etiladi.
Dostları ilə paylaş: