13
iboratligini hisobga olib moliya mexanizmini quyidagi sohalar va
bo‘g‘inlarga ajratib ko‘rsatiladilar.
O‘z navbatida bu har bir soha alohida tarkibiy bo‘g‘inlarni o‘z
ichiga oladi. Misol uchun, davlat moliyasi mexanizmi byudjet
mexanizmi va byudjetdan tashqari fondlar amal qilish mexa-
nizmlariga
bo‘linadi.
Hududiy
bo‘linishidan
kelib
chiqib
umumdavlat moliya mexanizmi va mahalliy moliya mexanizmlariga
ajratish mumkin. Moliyaviy mexanizmni ijtimoiy takror ishlab
chiqarish nuqtai nazaridan qaralganda uning funksional bo‘g‘inlari
hosil bo‘ladi, ya’ni mablag‘larni jamlash, moliyalashtirish,
rag‘batlantirish va boshqalar.
Moliya mexanizmining har bir soha va bo‘g‘inlari bir butunning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular o‘zaro bog‘liqdir. Shu bilan birga,
har bir soha va bo‘g‘in nisbatan mustaqil amal qiladi. Bu holat moliya
mexanizmi tarkibiy qismlarining doimiy muvofiqligini zarurligini
keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: