15
kapital (moliyaviy resurslar)ning nisbatan samarali harakatiga imkon
tug‘diruvchi institutlar hisoblanadi.
Moliyaviy bozor – bu savdo obyekti
moliyaviy instrumentlar
hisoblanuvchi tashkillashgan iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan
ta’minlangan, iqtisodiyot subyektlari uchun zaruriy bozor sharoit-
larini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo‘luvchi tizim.
Moliya bozori tushunchasi keng ma’noni va murakkab iqtisodiy
kategoriyani tashkil etadi. Moliya bozori o‘zida o‘zaro ta’sirda
bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o‘rtasidagi
munosabatlarini tavsiflaydi. Moliya bozorida kreditlar, veksellar,
aksiyalar,
obligatsiyalar, investisiyalar va boshqa turdagi qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdi va harakat obyekti hisoblanadi.
Moliyaviy bozor quyidagi turlarga bo‘linadi:
- qimmatli qog‘ozlar bozori;
- ssuda kapitali yoki kredit bozori;
- valyuta bozori (pul bozori);
- investitsiya bozori (kapital bozori) va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlar butun moliya tizimida markaziy
o‘rinni moliyaviy vositachi muassasalar moliyasi markaziy o‘rinni
egallaydi. Yuqori darajadagi takomillashgan moliyaiy infratuzilma
tizimini mavjudligi va moliyaviy vositachilikni rivojlanganligi
natijasida ularda investitsion maqsadlardagi yirik moliyaviy resurslar
konsentratsiyasi sodir bo‘lgan.
XX asrning oxirgi 10 yilidagi moliyaviy innovatsiyalarning
shiddat bilan rivojlanishiga qaramasdan
rang-barang moliyaviy
vositachilik turlari moliyaviy resurslarni oxirgi iste’molchilari uchun
samarali joylashuvini ta’minlovchi «moliyaviy mahsulot»ni jalb
qilish va sotish kabi umumiy funksiyalarni bajaradi.
Moliyaviy vositachilar ya’ni tom ma’noda moliyaviy institutlar
tarkibida tijorat banklari, kredit ittifoqlari, sug‘urta kompaniyalari,
xususiy pensiya fondlari, moliyaviy kompaniyalar va boshqalar
hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning moliyaviy sektorini asosini tashkil
qiladi.
Iqtisodiyotning moliyaviy sektorini keng va tor ma’noda
tushunish mumkin. Birinchi holatda
moliyaviy sektor bilan
16
birgalikda nazorat qiluvchi organlar va moliyaviy ittifoqlarni
tushunishimiz mumkin.
Nazorat qiluvchi organlarning asosiy vazifalari moliya tizimini
barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hukumat tomonidan
chiqarilgan qonun va qarorlar hamda me’yoriy hujjatlarni amalda
qo‘llash va bevosita moliyaviy institutlar faoliyati ustidan nazoratni
amalga oshirish hisoblanadi.
Moliyaviy ittifoqlarning asosiy vazifalari davlat va jamiyat
oldida moliyaviy institutlar guruhlarining manfaatlarini taqdim etish
va himoya qilish hisoblanadi.
Moliyaviy sektorning moliyaviy innsitutlariga bank tizimi va
nobank moliyaviy vositachi muassasalarni kiritishimiz mumkin. O‘z
navbatida bank tizimi tarkibida markaziy banklar alohida o‘ringa
egadir. Markazy banklar davlatning pul
kredit siyosatini amalga
oshirishda mas’ul muassasa hisoblanadi. Shuningdek, tijorat banklari
ustidan nazorat va ularni kreditlashni amalga oshiradi, emis-
siya(pullar, banknotalar va boshqa kredit instrumentlarini muoma-
laga chiqarish), davlatni kreditlash va hukumat uchun hisob-kitob
operatsiyalarni amalga oshirish, oltin-valyuta zahiralarini saqlash va
boshqa funksiyalarni bajaradi.
Tijorat banklari universal moliyaviy muassasalar hisoblanib,
kredit, investision,
moliyaviy vositachilik, hisob-kitob operat-
siyalarni amalga oshiradi. Zamonaviy tijorat banklari asosan aksio-
nerlik shaklida tashkil qilinadi. Tijorat banklari: aktiv operatsiyalar,
passiv operatsiyalar, vositachilik va ishonch operatsiyalari hamda
boshqa qator operatsiyalarni bajaradi.
Moliyaviy vositachi muassasalar tarkibida sug‘urta muassasa-
larining ahamiyati yuksakdir. Umuman, sug‘urta munosabatlari
moliyaviy munosabatlarning tarkibiy
qismi sifatida aksariyat
iqtisodchi olimlar sug‘urtani moliya tiziining alohida bo‘g‘ini sifatida
qaraydilar.
Sug‘urta munosabatlari – unda qatnashuvchi subyektlar
o‘rtasidagi xo‘jalik subyektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga
keluvchi ehtimolli zararlarni qoplash yoki sug‘urta holatlarini sodir
bo‘lishi oqibatlari bilan bog‘liq xo‘jalik subyektlari yo‘qotishlarini
tenglashtirish uchun mo‘ljallangan sug‘urta fondiga maqsadli
17
badallar hisobiga alohida pul fondlarini shakllantirish bo‘yicha qayta
taqsimlash munosabatlari majmuasidir.
Dostları ilə paylaş: