19
2-MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT
Reja
:
1. Moliyaviy siyosat
2. Byudjet va pul-kredit siyosati
3. Halqaro moliya siyosati
Kalit so‘zlar:
moliyaviy siyosat, moliyaviy strategiya.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Davlatning moliyaviy siyosatini
tushuntirib berish.
O‘qitish vositalari:
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar:
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va
shu kabilar .
O‘qitish usullari:
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni
qo‘shimcha yoritish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
: asosiy adabiyotlar:
1.1-6.15, qo‘shimcha adabiyotlar 7.1-7.18.
1. Moliyaviy siyosat
Siyosat – ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo‘na-
lishlar, chora va tadbirlar yig‘indisidir. Har qanday jamiyatda ham
davlat moliyadan o‘zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda
ma’lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Qo‘yilgan maqsadlarni
amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o‘rinni egallaydi. Uni
ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida
turgan masalalarni hal etilish sharoitlari ta’minlanadi. U iqtisodiy
manfaatlarga ta’sir etuvchi faol dastak sifatida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: