Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

pul-kredit siyosati
deyiladi. 


24 
Mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi 
faqatgina Markaziy bankka berilgan bo‘lib, bu siyosatni amalga 
oshirish Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli 
ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin. 
Shakl
 
bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari ma’muriy 
(bevosita) va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo‘linadi. Ta’sir etish 
obyekti (pul talabi yoki pul taklifi)ga ko‘ra instrumentlar pul 
qo‘llab-quvvatlovchi (kredit ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit 
restruktizasiyasi)ga bo‘linadi. Ta’sir etish muddatlariga qarab qisqa 
muddat
 
va uzoq muddatga mo‘ljallangan instrumentlarga bo‘linadi 
va h.k. 
Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan hozirda qo‘llanilib kela-
yotgan pul-kredit siyosatining vositalaridan biri bu tijorat 
banklarining majburiyatlariga nisbatan majburiy zahira talablari 
me’yoridir. Pul-kredit siyosatining bu vositasi qo‘llanilish jihatidan 
sodda bo‘lib, tijorat banklarining to‘lovga qobiliyatliligi darajasiga 
ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirda, ayniqsa, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda pul-kredit siyosatining bilvosita usullaridan aynan 
shu vositasi keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda, shu jumladan, 
O‘zbekistonda eng samarali vosita(instrument) ham aynan shu 
vositadir (bilvosita instrumentlardan).
Pul-kredit siyosatini moliya siyosati tarkibiga kiritilishi shubhasiz 
emas, ammo ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik 
shubhasizdir. Moliya siyosati tarkibiga byudjet siyosati bilan 
birgalikda pul-kredit siyosatini kiritilishining to‘g‘riligini jahonda ro‘y 
berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tahlili ham tasdiqlab turibdi. 
Ma’lubki bu inqiroz faoliyat sohasi pul-kredit operatsiyalari 
hisoblangan moliya bozorlaridagi inqirozdan boshlangan. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin