Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

nazorat funksiyasi – 
moliyaning boshqa muhim funksiyasi 
nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Moliya 
munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi 
va ishlatilishi nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta ham 
munosabat yo‘qdir. Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog‘liq 
bo‘lgan moliyaviy munosabat ham yo‘q. Moliya ijtimoiy mahsulot 
va milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning 
barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni bosh 
maqsadi – ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, 
xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida ishning sifatini yaxshilash 
maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan 
oqilona foydalanishga erishishdir.
Moliyaning 
nazorat 
funksiyasi korxonalarni barcha xo‘jalik 
faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. So‘m orqali nazorat qilish ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari ustidan, bu xarajatlarning 
daromadlarga mos kelishi ustidan, asosiy fondlar va aylanma 
mablag‘larning shakllanishi va ishlatilishi ustidan amalga oshiriladi. 
Mazkur nazorat mablag‘lar aylanishining barcha bosqichlarida - 
moliyalashtirish va kreditlashtirishda, naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
amalga oshirishda, byudjet va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari 


11 
bilan o‘zaro aloqalarda amal qiladi. So‘m orqali nazorat yordamida 
mahsulot realizasiyasi jarayoniga, shartnoma bo‘yicha shartlarni 
bajarilishiga, rentabellikka, foydaga, fond qiymatiga, aylanma 
mablag‘lar aylanishiga ta’sir o‘tkazadi.
Shunday qilib, nazorat – daromadlar o‘sishini, mablag‘lar va 
moddiy boyliklar oqilona sarflanishini rag‘batlantiradi, korxonalarni 
kamchiliklarni bartaraf etishga, xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga, 
uning 
samaradorligini 
oshirishga, 
mablag‘larning 
manzilli 
sarflanishini ta’minlaydi. Nazorat funksiyasining muhim xususiyati 
shundaki, u mablag‘lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida 
uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv hamda kuzatishlar bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy ko‘rsat-
kichlari nazorat funksiyasining obyektidir. Moliyaviy nazoratning 
samaradorligini oshirish ko‘proq korxonada buxgalteriya hisobi, 
moliyaning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligini, moliyaviy 
axborotning haqqoniyligi, moliyaviy intizom, buxgalteriya-hisobi 
hisobotini xolis yuritilishiga bog‘liq. Shundagina nazoratning 
samarasi iqtisodiyotdagi vaziyatni tahlil qilish va xolis baholash 
hamda takror ishlab chiqarish jarayonining samarali borishini 
muvofiqlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, bunda davlat soliq 
xizmatining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham 
moliya soliq munosabatlari bilan uzviy holda o‘rganiladi va amal 
qiladi. Moliyaning taqsimot va nazorat funksiyalari yaxlit holda 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin