8
2. Moliyaning funksiyalari
Moliya iqtisodiy kategoriya bo‘lib,
hozirda ijtimoiy-siyosiy
tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda.
Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx,
qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar,
mehnat
mezoni
va
iste’mol
me’yori,
ishlab
chiqarishni
rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning
mohiyatini ifodalaydi.
Moliya jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan
izohlanadi. Moliyaviy munosabatlarning rivojlanishi jamiyatdagi
mehnat
taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining
iqtisodiy jihatdan
mustaqilligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalari bilan ham bog‘liq.
Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi,
ammo pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga
olmaydi. Moliya munosabatlari asosan, davlat hamda korxonalarning
pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan aks
etadi. Shuning boisdan moliyaning
rivojlanishi bu davlatning
rivojlanishi va uning moliyaviy zahiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan
bevosita bog‘liqdir.
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy
munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi. Davlat va
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul
mablag‘laridan markazlashgan
fondni tashkil qilish, taqsimlash va
iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar
jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy
mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya
– muayyan obyektning tashqi xususiyati bo‘lib,
tizim
elementlarining o‘zaro munosabatlarida jarayon sifatida aks etadi.
Iqtisodiy kategoriyalarni funksiyasi iqtisodiy munosabatlarning
hatti-harakatini o‘zida aks ettiradi, ya’ni,
funksiya
–
iqtisodiy
kategoriyaning muayyan xususiyatlarining namoyon bo‘lishidir.
9
Moliyaning funksiyalari turli adabiyotlarda turlicha ko‘rsatilgan
holda bahsli masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan,
A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalarini e’tirof etadi:
– xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash
– nazorat
– taqsimlash.
A.M.Aleksandrov
va
E.A.Voznesenskiylar
moliyaning
quyidagi funksiyalarni ko‘rsatib o‘tishgan:
– pul fondlarini shakllantirish;
– shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish;
– nazorat .
Moliya qiymat taqsimoti va uning nazoratini yaxlit ifodalovchi
kategoriya hamdir. Shuning uchun ham aksariyat adabiyotlarda
uning quyidagi ikkita funksiyasi ajratib ko‘rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: