23
O‘z navbatida, byudjet siyosati tarkibida soliq siyosati, inves-
tision siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, byudjet yaxlitligi
siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati
soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq
turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida
soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga
soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi.
Pul-kredit siyosati
– emissiyani boshqarish, inflyasiyani va
milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi
barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va
tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli
bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini
ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi
va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va
sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan
qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali
moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi. Pul-kredit siyosati
tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit
siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investision
siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash
kerakki, byudjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda
asosiy vositalarni o‘stirish va modernizasiya qilishni moliyalashtirish
tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli
qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit
orqali muvofiqlashtirish bu davlatning iqtisodiy siyosatining tarkibiy
qismi hisoblanib, o‘zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining
muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, hisob-foiz stavkalari va
boshqa ko‘rsatkichlarini bevosita va bilvosita tartibga solishi
tushuniladi. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning asosiy pirovard
maqsadi bu aholi farovonligini oshirish va maksimal ravishda aholi
bandligini ta’minlash hisoblanadi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit
orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab
chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizmi
Dostları ilə paylaş: