Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
3. Xalqaro moliya siyosati 
 
 
Xalqaro mehnat taqsimoti bilan, davlat qarzini shakllantirish va 
so‘ndirish bilan, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya 
tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro muno-
sabatlar sohasidagi valyuta-moliyaviy va kredit munosabatlarini 


25 
boshqarish yotadi. Hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF), 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki (YeTTB), Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki 
(OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar klubi, Parij 
kreditorlar klubi) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining moliya 
siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda. 
Alohida davlatlarning halqaro moliya siyosati, odatda, o‘z 
mamlakatining 
ishlab 
chiqarish 
kuchlarini 
rivojlanishiga 
yo‘naltirilgan va mos ravishda har qaysi davlat xalqaro xom ashyo, 
tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorlarida o‘zining salmoqli o‘rniga 
ega bo‘lishga harakat qiladi. 
Davlat o‘zining manfaatlarini bojxona va valyuta siyosatlari 
orqali himoya qiladi. Ularning xususiyatlari davlatni o‘z eksport va 
importini kengaytirish yoki qisqartirishdan manfaatdorlik darajasi 
bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, bojxona to‘lovlari yoki 
alohida bojxona rejimlari tizimi qo‘llaniladi. Bojxona va valyuta 
siyosatining asosiy maqsadi – davlatning oltin, valyuta zahiralarini 
saqlash va ko‘paytirish hisoblanadi. 
Davlat o‘zining manfaatlarini yana xalqaro tashkilotlar 
faoliyatida ishtirok etish, bu tashkilotlarning moliyaviy fondlarini 
shakllantirishda va hamkorlikdagi dasturlarni moliyalashtirishda 
ishtirok etish bilan mamlakat obro‘sini oshirish orqali himoya qiladi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati moliyaviy 
inqiroz yoki moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan 
davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Yordam, 
odatda, kreditlar berish shaklida yoki davlatning mavjud tashqi 
qarzlarini restruktizatsiyalash shaklida ko‘rsatiladi. 
Xalqaro moliya tashkilotlarining yordami beg‘araz ko‘rsa-
tilmaydi va qator iqtisodiy yoki siyosiy shartlarga asoslanadi, qarz 
oluvchi mamlakat uchun uchun doimo naf keltirmaydi. 
Mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib 
qolgan moliyaviy siyosat o‘z kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq 
davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va 
faol moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. 
Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib 
ko‘rsatish sodir bo‘ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning faol 


26 
ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni 
hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib 
qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan ibratli konsep-
siyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa 
muddatli foyda olishni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni 
og‘ir ahvolga olib keldi. 
Bugungi kunda moliya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari 
quyidagilarda o‘z aksini topadi: 
1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat byudjeti 
taqchilligini iloji boricha kamaytirish, mahalliy byudjetlarda 
dotatsiya va subvensiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich 
qisqartirib borish; 
2. Byudjet mablag‘larini samarali va manzilli taqsimlanash, 
birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun byudjetdan 
mablag‘lar ajratish;
3. Iqtisodiyot tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish 
uchun byudjetdan beg‘araz moliyaviy ta’minot amaliyotidan imkon 
qadar voz kechish, Ushbu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan 
keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish; 
4. Soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlarini 
barqaror ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalar, chet el kapi-
tali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar rivojlanishini rag‘batlantira-
digan soliq siyosatini olib borish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga 
Murojaatnomasida 
2020-yilda 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish 
yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, 
muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga 
erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi 
ta’minlanganligi aytib o‘tildi. Xususan, 2019-yilda Yalpi ichki 
mahsulot (YaIM)ning real o‘sishi 5,0 foizni tashkil qildi. Sanoat, 
qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. 
Xususan, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq 
xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va qurilish 
ishlarida 8,3 foizga oshdi. O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 
21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil 


27 
qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga 
hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi
2

Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga 
qaratilgan: 
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama
oshirish hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish. 
2. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat
va xizmatga bo‘lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har 
tomonlama huquqiy kafolatlash. 
3. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish
(pensionerlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar). 
4. Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash,
maorif, boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish. 
5. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari,
bozor munosabatlarini rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini, 
ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish. 
6. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir
ko‘rsatish, uni soliqqa tortish, moliyalashtirish va moliyaviy bozor 
uslublari orqali amalga oshirish. 
7. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon
qadar bartaraf etish (davlat byudjeti kamomadi, emissiyaning 
joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, ichki va 
tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi), 
chunki iqtisodiy tanglik nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda 
korxonalar moliyasida ham mavjud. Pul muomalasini tartibga solish. 
Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash 
hisobiga so‘mning qadrini oshirish. 
9. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy
investitsiyalarni kirib kelishini ta’minlash. 
10.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga
korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish. 
11. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini
oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchay-
tirish. 
_________________________ 
2
Manba: http://www.cbu.uz/uz/monet_policy/monet_direct2009.htm 


28 
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga 
solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya 
qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu siyosat 
hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson 
salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish 
va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining 
mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan 
og‘ishmay bormoqda. 
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyida-
gilardan iborat bo‘lmog‘i lozim: 
1. Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan
eng kam daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga 
yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish. 
2. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur
tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ke-
tishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash. 
3. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini 
ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan huquqlarini 
himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin 
mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini 
ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga 
soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli 
fondlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. 
4.
Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy
mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi 
qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish. 
5. Soliq siyosatini takomillashtirish:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom
ashyo, tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulk-
dan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; 
-
korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish,
qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish 
va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; 
-
soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurs soliqlari,
mol-mulk solig‘ining rolini oshirish. 


29 
7. Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan 
umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara 
o‘tkazish. 
8. Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, 
mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash. 
9. Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga 
tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va 
takomillashtirish. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin