2.Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning davlat
byudjeti daromadlaridagi tutgan o‘rni
Ma’lumki, soliqlar o‘ziga xos ravishdagi fiskal funksiyani
bajaradi va davlat byudjeti daromadining asosiy manbai hisoblanadi.
Soliq tizimidagi mavjud soliqlar va xususan, yuqori darajadagi
fiskal ahamiyat kasb etuvchi soliqlar yuridik shaxslardan olinadigan
soliqlar hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy salmoqqa
ega bo‘layotgan bilvosita soliqlar: qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz
soliq va yuridik shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlari hisobla-
nadi. Bevosita soliqlarning tarkibidagi yuridik shaxslar foydasidan
uniriladigan soliq ham jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq
hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar qatorida yer solig‘i,
mol-mulk solig‘i mavjud bo‘lib, ular mahalliy byudjetlarning asosiy
daromad manbai hisoblanadi. Bu o‘z navbatida yuridik shaxslardan
undiriladigan soliqlarning mahalliy byudjetlar daromadlarini
shakllantirishdagi ahamiyatining yuqoriligidan dalolat beradi.
Umuman, xulosa sifatida aytiladigan bo‘linsa, yuridik shaxs-
lardan undiriladigan soliqlar soliq tizimida yetakchi mavqeyga ega
bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarini asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.
3. Korxonalarning daromadlari va xarajatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi
har qanday xo‘jalik subyektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini
275
belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot
realizatsiyasi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha
olingan pul tushumlari hisoblanadi.
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston
Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan
hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.
Jami daromad, agar Soliq kodeksning 299-moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat
solig‘ini va aksiz solig‘ini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
Ushbu bo‘lim maqsadida jami daromadga (bundan buyon
ushbu bo‘limda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki)
har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo‘lgan daromadlar (bundan
buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi
daromadlar kiradi:
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
daromad;
2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar)
bo‘yicha mukofot tarzidagi daromad;
3) sug‘urta, qayta sug‘urta tashkilotining sug‘urta, qayta
sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha daromadi;
4) REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad;
5) qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning
moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha Soliq kodeksning
327 -329-moddalariga muvofiq olingan daromad;
6) asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning Soliq
kodeksning 298-moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan
daromad;
7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni
berish bo‘yicha pul mukofoti tarzidagi daromad;
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan
daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;
9) royalti;
10) Soliq kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan
mol-mulk (olingan xizmatlar);
276
11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-mod-
diy zahiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi
daromad;
12) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni
hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan Soliq kodeksning
317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni
hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno;
13) Soliq kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish
huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha
olingan daromad;
14) Soliq kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib
tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi
daromad;
15) Soliq kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromad;
16) Soliq kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi
faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad;
17) qarzdor tomonidan e’tirof etilgan yoxud qarzdor
tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma
majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar,
penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek, zararlarning (ziyon-
ning) o‘rnini qoplash summalari;
18) Soliq kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy
farq;
19) dividendlar va foizlar;
20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni
ishonchli boshqarishdan olingan daromad;
21) shakllantirilish xarajatlari Soliq kodeksning 44 va
45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga
qabul qilingan, qayta tiklangan zahiralar summalari;
22) aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga o‘z
ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechgan
taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali)
kamayishi munosabati bilan olgan daromad;
23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan
daromad;
277
24) Soliq kodeksning VI bo‘limida belgilangan hollarda va
tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad;
25) Soliq kodeksning VII bo‘limida belgilangan hollarda va
tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi
daromadi;
26) alohida hisobi mavjud bo‘lmagan va (yoki) ulardan
maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablag‘lar tarzidagi daromad
(bundan
budjet to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlari
normalari
qo‘llaniladigan budjet mablag‘lari mustasno);
27) ushbu qismning 1-26-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa
daromadlar.
294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida (O‘zbekiston
Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan
buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi) ko‘rsatilgan
yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning
jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar
chegirib tashlanadi, bundan ushbu bo‘limga ko‘ra chegirib
tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham,
uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida
amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan
tasdiqlangan chiqimlari (Soliq kodeksning 333-336-moddalarida
nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Asoslangan
xarajatlar
deganda
bahosi
pul
shaklida
ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar tushuniladi.
Har qanday chiqimlar, basharti ular hech bo‘lmaganda
quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy
jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar deb e’tirof etiladi:
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish
maqsadida qilingan bo‘lsa;
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki
rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning
tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan bo‘lsa;
3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.
Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi
hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi:
278
1) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
rasmiylashtirilgan hujjatlar;
2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida
qo‘llaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;
3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan, xizmat
safari to‘g‘risidagi buyruq, yo‘l hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko‘r-
satilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar.
Soliq kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan, amortizatsiya
qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qo‘shilgan qiy-
mat solig‘ining summasi, shu xarajat sifatida e’tirof etilmaydi, bundan
Soliq kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Dostları ilə paylaş: |