O‘qitish usullari:
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni
qo‘shimcha yoritish.
1. Turizm sohasida investitsiyalarga soliq yukining ta’sir
darajasini baholash
Mamlakatimizda keng ko‘lamli soliq islohotlarining amalga
oshirilishi O‘zbekiston Respublikasida Soliq tizimini takomillash-
tirish Konsepsiyasini qabul qilish bilan bog‘liq
20
. Uning asosiy
_________________________
20
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida. PF-5468. 29-iyun 2018- yil.
345
yo‘nalishlari Soliq kodeksi
21
va boshqa me’yoriy hujjatlarda, shu
jumladan, yillik “budjet” parametrlarida o‘z aksini topmoqda
22
.
Ammo bu amaldagi islohotlarning yakuni emas. Uning davomi
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan.
Turizm sohasining rivojlanishiga ma’lum darajada to‘siq
bo‘layotgan omillardan biri soliq tizimining mukammal emasligi,
soliq yukining yuqoriligi hamda beqarorligidir. Ko‘pgina turfirmalar
soliq tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga tezda moslasha
olmayapti, davlat organlari esa soliq stavkalari va yukining ortishi
natijasida tushumlarning kamayib ketishiga guvoh bo‘lmoqdalar. Bu
ham o‘z navbatida amaldagi soliq tizimining murakkab jihatlaridan
biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Turizm sohasida soliq tizimini takomillashtirishning yangi
yondashuvlarini talab etadi. Soliqlar orqali ta’sir qilish
boshqaruvning iqtisodiy usullaridan biri sifatida davlat manfaatlari
va turfirmalarning tijorat manfaatlarini uyg‘unlashtirishga xizmat
qiladi. Soliqlar bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni
boshqarishning samarali vositalaridan biri bo‘lib, uning yordamida
mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, jumladan, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, turfirmalarning xo‘jalik faoliyatini
tartibga solish mumkin bo‘ladi. Turizm sohasida soliq tizimida
investitsion qarorlarni qabul qilish, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishda muhim omillardan biridir. Samarali
tashkil qilingan investitsiya oqimi mamlakat iqtisodiyotida muhim
makroiqtisodiy funksiyani bajaradi. Buning uchun mamlakatda
investitsion jarayonlarni soliqlarni hisobga olmagan holda tahlil
qilish va soliqlarning muntazam ravishda ortib borish tendensiyasida
kuzatish lozim bo‘ladi.
Turizm xizmatlar bozorida investitsion jarayonlar faqatgina
qulay tovar-pul va mulkchilik munosabatlarida rivojlanadi. Davlat
mulkining yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashuvchan xususiy
________________________
21
Soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati
bilan
O‘zbekiston Respublikasining
ayrim
qonun
hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘rida. O‘RQ-508. 24-dekabr 2018-y.
22
O‘zbekiston Respublikasi 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat
budjeti parametrlari hamda 2020-2021- yillarga budjet mo‘ljallanganlari to‘g‘risida. PQ-4086. 26- dekabr 2018- y.
346
mulk shakliga transformatsiyalashuvi ma’lum darajada xususiylash-
tirish orqali amalga oshiriladi. Turizm sohasida samarali mexanizmga
aylangan investitsion jarayon investitsion resurslarning samarali taq-
simlanishini, uning eng istiqbolli va serdaromad hisoblangan tarmoq va
sohalar (shu jumladan, turizm industriyasi va turistik biznes)ga
konsentratsiyalashuvini, bir vaqtning o‘zida ushbu tarmoq va sohalar-
dan moliyaviy resurslarning boshqa turdosh tarmoq va sohalarga
harakatlanishi bilan bog‘liq makroiqtisodiy funksiyani bajaradi.
Shu munosabat bilan turizm xizmatlar bozorida investitsiyalar
amaliy imkoniyatlarga ega moliyaviy kanal hisoblanib, jamg‘arma
iqtisodiyotning real sektorlariga qaytimini ta’minlab beradi. Shu
bilan birga turizm sohasida investitsiyalarni soliqlar orqali
rag‘batlantirish investorlarga o‘z kapitalini kengaytirish imkoniyatini
yaratib beradi. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan soliq imtiyozlaridan
biri bu korxonalarning foyda solig‘idan voz kechishi hamda uning
ma’lum qismini davlat budjetidan korxona ixtiyorida qoldirishidir.
Investitsiya kiritish natijasida kutilayotdan favqulodda foyda soliq
imtiyozlarining samarasizligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, turizm
sohasida mavsumiylik bilan bog‘liqdir. Soliq imtiyozlari bevosita
yo‘naltirilmagan shaxslarning ham rag‘batlantirilishiga olib kelishi
mumkin va bu o‘z navbatida foyda solig‘idan voz kechish bilan
bog‘liq xarajatlarning ortishiga olib keladi. Aksariyat hollarda soliq
imtiyozlari ko‘zda tutilgan asosiy faoliyat turi faoliyatni kengaytirish
maqsadida emas, balki soliq imtiyozlaridan foydalanishni ko‘zda
tutilishini yaxshi bilish lozim. Hattoki maqsadli yo‘naltirilgan soliq
imtiyozlari ham kelgusida ulardan boshqa maqsadlarda foydala-
nishga turtki beradi. Soliq imtiyozlari ko‘zda tutilmagan faoliyat
turlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ham oxir oqibat soliq
imtiyozlariga ega faoliyat turlarini joriy etish imkonini topishadi.
Investitsion faoliyatni soliqlar orqali rag‘batlantirishda turistik
korxona va tashkilotlar foyda solig‘idan ozod qilinadi va foydani o‘z
faoliyatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarni
kengaytirish va rivojlantirish uchun investitsiya sifatida yo‘naltiradi.
Turizm xizmatlar bozorida soliq siyosatining investitsiyalarga
ta’sirini o‘rganish iqtisodiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilgan.
Ayniqsa, moliya, makroiqtisodiyot sohasiga oid ilmiy tadqiqotlarda,
347
jumladan Auerbach
23
, Boswort
24
, Cummins, Hassett, Hubbard
25
,
Harberger
26
, Feldstein
27
, Karzanova I.
28
tomonidan o‘rganilgan.
Ko‘pgina ilmiy ishlarda soliq siyosati investitsion faoliyatni
rag‘batlantirishi hamda kapital “quyilishi”ni ta’minlashi ilgari
surilmoqda. Kompaniyalarning foydasi va mulkiga solinadigan
soliqlar, soliqqa tortish maqsadida foyda miqdorini aniqlash
uslubiyati va boshqa soliq qonunchiligi kompaniyalarning soliqlar
to‘lagandan keyingi foydasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Jorgensen, Siebert
29
soliqqa tortish amaliyotining investitsiya-
larga ta’sirini ikkita yondashush orqali baholashni taklif qiladi.
Birinchi yondashuvga ko‘ra jamg‘arish va investitsiya jarayonlarida
ekonometrik modellashtirish taklif etiladi. Ularning fikricha, mazkur
yondashuvning murakkab jihati – modelda soliq o‘zgarishlari,
noaniqliklar, xarajatlarni korrektirovkalash va investitsion jadallikni
to‘g‘ri ifodalay olishdir. Boshqa tomondan kuzatishlar sonining
cheklanganligidir. Ya’ni mavjud ma’lumotlar va tahliliy manbalar
aksariyat hollarda kelib chiqishi jihatidan ishonchliligi yuqori
bo‘lmagan manbalardan olinadi. Bundan tashqari investitsiyalar va
soliqqa tortish o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p hollarda kompaniyalarning
moliyaviy siyosatiga taalluqlidir.
Ushbu paragrafda biz ikkinchi yondashuv, ya’ni turizm
sohasida investitsiyalarga soliq yukining ta’sir darajasini baholash
yoki samarali soliq stavkalari hamda ularning iqtisodiy faollikka
ta’sirini baholashga to‘xtalib o‘tamiz. Samarali soliq stavkalari orqali
soliq yukini baholash
30
— birinchidan, alohida firma darajasida yoki
makroiqtisodiy agregatlar asosida hisoblab chiqilishi mumkin. Bu
___________________________
23
Auerbach Alan J., Michael P. Devereux, and Helen Simpson, 2010, “Taxing Corporate Income,” in J. Mirrlees,
S. Adam, T. Besley, R. Blundell, S. Bond, R. Chote, M. Gammie, P. Johnson, G. Myles, and J. Poterba (eds.),
Dimensions of Tax Design. Oxford: Oxford University Press, 837–893.
24
Bosworth, B. (1985) Taxes and Investment Recovery, Brookings Papers on Economic Activity 1, 1–38.
25
Cummins, J.G., A.H. Kevin, and R.G. Hubbard (1995) Have Tax Reforms Affected Investment? in: J.M.
Poterba, ed., Tax Policy and the Economy, vol. 9 (MIT Press, Cambridge).
26
Harberger, A. (1966) Efficiency Effects of Taxes on Income From Capital, in: M. Krzyzaniak, ed., Effects of
Corporation Income Tax (Wayne State University Press Detroit MI).
27
Feldstein, M. (1995) The Effect of Marginal Tax Rates on Taxable Income: A Panel Study of the 1986 Tax
Reform Act, Journal of Political Economy 103 (3), 551–572.
28
Karzanova, I. (2002) Estimation of Effect of Taxation on Real Sector Investment in Russia: Calculation of
Marginal Effective Tax Rates, HSE Economic Journal 6 (2) (Moscow: The Higher School of Economics Press).
29
Jorgensen, D.W. and C.D. Siebert (1968) A Comparison of Alternative Theories of Corporate Investment
Behavior, American Economic Review 58 (September), 681–712.
30
Giannini, S. and C. Maggiulli (2002) The effective tax rates in the EU Commission study on corporate taxation:
methodological aspects, main results and policy implications, CESifo Working Paper No. 666 (1).
348
o‘ziga xos o‘tmishga qaratilgan yoki “retrospektiv” makro yoki
mikro yondashuvdir. Ikkinchidan, samarali soliq stavkalarini
hisoblash tegishli ko‘rsatkichlar, ya’ni soliq yukining kelgusidagi
investitsion loyihalarga ularning amal qilish muddati davridagi
ta’sirini baholashga qaratilgan gipotetik (faraz qilingan) yondashuv.
Ushbu ko‘rsatkichni investorning kelgusidagi xulq-atvorini
baholashga qaratilganligi bois istiqbolga yo‘naltirilgan yondashuv
deb hisoblashimiz mumkin.
Istiqbolga
turizm xizmatlar bozorida yo‘naltirilganlik
yondashuvi asosida olingan hisob-kitoblar soliqqa tortish amaliyoti-
ning investorlar uchun qanday rag‘batlantirish va imtiyozlar berishi,
aksincha, qanday xatarlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatib beradi.
Biroq soliqqa tortishning real iqtisodiy masalalari ko‘pgina omillarga
bog‘liq. Soliqqa tortish – investorning qaroriga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan ko‘pgina omillardan biridir. Shuning uchun ko‘zda
tutilgan soliq imtiyozlari (xatari) kelgusida investor uchun imtiyoz
(xatar) sifatida olib qaralishi lozim bo‘lgan iqtisodiy omil sifatida
qaralishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, loyihaning kutilayotgan
foydaliligi, mulk huquqining barqarorligi.
Tadqiqot
ishining
asosiy
maqsadi
turizm
sohasida
investitsiyalarga soliq yukining ta’sir darajasini baholashdir. Buning
uchun King va Fullertonlar
31
tomonidan taklif qilingan hamda
investitsion loyihalarni baholashda samarali soliq stavkalarini
hisoblab chiqishga qaratilgan tadqiqotlardan keng foydalaniladi.
Turizm sohasida soliq to‘lagunga qadar sof foyda me’yori
(amortizatsiya ajratmalarisiz)ni
p
bilan belgilaymiz. Bu muayyan
investitsion loyihaning soliq to‘lagunga qadar foyda me’yorini
ifodalaydi. Loyiha uy xo‘jaliklari tomonidan yoki turli “jamg‘arma”
institutlari tomonidan moliyalashtiriladi. “Jamg‘arma” institutlari
soliqqa tortish amaliyotidan so‘ng real foyda miqdori
s
ga ega bo‘ladi.
Soliq bo‘lakchasi
32
, ω, bu soliq tortishgacha va soliqqa
tortilgandan keyingi foyda me’yori o‘rtasidagi farq, ya’ni
.
31
King, M. and D. Fullerton, eds. (1984) The Taxation of Income from Capital: A Comparative Study of
the United States, United Kingdom, Sweden, and West Germany (Chicago: University of Chicago Press).
32
Soliq bo‘lakchasi (Tax wedge) – Laffer tomonidan kiritilgan iqtisodiy tushuncha. Ishlab chiqaruvchining
tovarga sarflagan maksimal xarajatlari hamda iste’molchilar to‘lashga qodir bo‘lgan narx o‘rtasidagi tafovutni
anglatadi. Mazkur tafovutni ishlab chiqaruvchilar aksariyat hollarda soliqlarni to‘lashga yo‘naltiradi. Amaliyotda
asosan egri soliqlarni o‘zida aks ettiradi.
______________________
349
Chegaraviy samarali soliq stavkasining chegaraviy qiymati, METR,
“soliq klini”ni soliq to‘lagunga qadar real foyda me’yoriga
bo‘linganiga teng:
(1)
Chegaraviy samarali soliq stavkasining qiymati qanchalik katta
bo‘lsa, soliq yuki shunchalik katta bo‘ladi va investitsion loyihaning
korporativ va shaxsiy daromadlar uchun to‘lashi lozim bo‘lgan foyda
miqdorini anglatadi. Ushbu ko‘rsatkichning manfiy qiymati esa
“qoniqarsiz soliq yuki”ni anglatib, soliq tizimida davlat subsidiyasi
mavjudligidan dalolat beradi. Agarda chegaraviy samarali soliq stav-
kasining qiymati “nol”ga teng bo‘lsa, u holda soliq tizimi chegaraviy
samarali soliq stavkasi turli soliq yuki va korporativ darajadagi imtiyoz-
lardan iborat bo‘lsa-da, investor uchun na imtiyoz, na xatar yaratadi.
Faraz qilaylik, barcha chegaraviy investitsiyalar soliq
to‘lagunga qadar bir xildagi foyda me’yori, ga ega bo‘lsin.
Amaldagi soliq qonunchiligi foyda solig‘i va firmaning mulk solig‘i,
asosiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya ajratmalari, turli soliq
chegirmalari va qonunchilikning boshqa maqsadlari uchun soliq
to‘lagunga qadar va soliq to‘lagandan keyingi foyda me’yorini
aniqlaydi. Investitsiyalarga soliq klini va chegaraviy samarali soliq
stavkasini aniqlash uchun dastlab pul oqimlarini diskontlashning
ichki sub’ektiv stavkasi aniqlanadi. Umuman olganda diskontlash
stavkasi investitsiya kiritayotgan firma moliyaviy resurslaridan
to‘lashga qodir bo‘lgan soliqqa tortilgandan keyingi nominal foiz
stavkasini aks ettiradi. Agarda modelda loyihaning real foyda
me’yori , tashqi tomondan berilayotgan bo‘lsa, u holda – soliq
qoidalariga muvofiq loyihaning ko‘zda tutilgan qiymati
V
da
chegaraviy investitsiyaga sarflangan xarajatlarni aks ettiruvchi
endogen kattalik
ni aks ettiradi, ya’ni loyihaning amal qilish
muddati davomida joriy qiymatlarda soliqqa tortilgandan keyingi
olishi mumkin bo‘lgan foyda miqdorini bildiradi.
(2)
Diskont stavkasining qiymati nafaqat iqtisodiy parametrlarga,
balki soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan elementlarga ham bog‘liq.
Chegaraviy investitsiyalarga sarflar marjinal yondashuvga ko‘ra
so‘nggi qo‘shilgan kapital qiymatidan soliq qonunchiligiga muvofiq
350
mazkur investitsiyaga kiritilgan subsidiyalar qiymatining (
A
)
chegirib tashlanganiga teng: ya’ni
(3)
Investitsion loyihaning qiymati kiritilgan investitsiyalardan
kutilayotgan foydaning diskont oqimi (qiymati)ga teng.
Nominal foiz stavkasi
Dostları ilə paylaş: |