Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Notijorat faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar moliyasi



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

3. Notijorat faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar moliyasi 
 
Notijorat tashkilot – 
foyda olish maqsadida emas, balki 
ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish, ma’naviy 
yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya, ijtimoiy
madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlar, 
boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat 
bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tuzilgan yuridik 
shaxsdir. Ta’kidlash joizki, Fuqarolik Kodeksida notijorat korxo-
nalarning tadbirkorlik faoliyati uning tashkil etilish maqsadlariga 
erishishga yo‘naltirilgan va bu maqsadlarga mos kelsa shug‘ul-
lanishga ruxsat beriladi. Notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi (1-qism, 4-bob, 
3-§) bilan beligilangan
3
. Yuridik shaxs sifatida NTT to‘la huquqiy 
______________________ 
3
ЎзР Фуқаролик Кодекси 


105 
subyekti hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, har qanday 
NTT uning faoliyati maqsadlariga mos keluvchi fuqarolik 
huquqlariga va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarga ega.
Notijorat tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar: 

ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish; 

ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qondirish; 

hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy 
foydali maqsadlarni tashkil qilish; 

boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan 
iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish. 
Yuridik shaxs sifatida notijorat tashkilot quyidagi xususiyatlarga 
ega bo‘lishi kerak: 
– o‘z mulkida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka 
ega bo‘lishlik; 

mulklar bilan o‘zining majburiyatlari bo‘yicha javobgar 
bo‘lish; 

o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega 
bo‘la olishlik va ularni amalga oshish, majburiyatlarni bajarish, 
sudda da’vogar va javobgar bo‘lish; 

mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishi. 
Notijorat korxonalariga matlubot kooperativlari, jamoat 
birlashmalari, jamoat fondlari, muassasalar kiradi. 
Matlubot kooperativlari – ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan 
ixtiyoriy birlashma hisoblanib, uning a’zolari tomonidan o‘z mulkiy 
(pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. U boshqa 
notijorat tashkilotlar bilan taqqoslaganda alohida maqomga ega. Ular 
o‘zining faoliyatini ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida olib boradilar (uy-joy qurilish kooperativlari, 
uy-joy mulkdorlari shirkatlari). Boshqa NTTlar esa, boshqa ijtimoiy 
(nomoddiy) manfaatlarga ega bo‘lishlik uchun tuziladi. 
Jamoat birlashmalari – ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy 
ehtiyojlarni qondirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi 
asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning 
ixtiyoriy birlashmalardir. Jamoat birlashmalari o‘z Nizomida nazarda 


106 
tutilgan ishlab chiqarish yoki boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirisht mumkin. 
Jamoat fondlari – fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar 
tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, 
hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali 
maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat 
tashkiloti. 
Muassasalar – boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki 
tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish 
uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman 
moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot. 
Yuridik shaxslar birlashmalari. Tijorat tashkilotlari o‘zlarining 
tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak 
mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida 
notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga 
birlashmalariga birlashishlari mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. Fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida 
fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir. 
Ijtimoiy-madaniy xususiyatga, jamoat tartibini saqlash, 
boshqaruv va mudofaaga taalluqli bo‘lgan rang-barang xizmatlarni 
ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlari notijorat asosida faoliyat 
ko‘rsatayotgan muassasa va tashkilotlarni tashkil etadi.
Iqtisodiyotning notijorat sektori muassasa va tashkilotlarining 
moliyaviy mablag‘lari – o‘z faoliyatini amalga oshirish va ken-
gaytirish uchun turli manbalar hisobidan shakllantiriladigan pul 
mablag‘laridan iborat bo‘ladi. Notijorat asosida faoliyat ko‘rsa-
tayotgan muassasa va tashkilotlar moliyaviy resurslarining 
shakllanishi ikki xususiyatga bog‘liq bo‘ladi.
1. Ko‘rsatayotgan xizmatlar ko‘rinishi.
2. Iste’molchiga yetkazib berilishi (pullik yoki bepul).
Ayrim xizmatlar iste’molchilarga faqat bepul ko‘rsatiladi, 
boshqalari – pullik, qolganlari esa, ham pullik, ham tekinga 
ko‘rsatiladi.
Jamiyatga to‘laligicha xizmat ko‘rsatuvchi moqamga ega davlat 
boshqaruvi va mudofaasi sohasida har bir fuqaro va yuridik shaxs 


107 
bunday xizmatlarni bepul iste’mol qiladi. Bularni moliyalash-
tirishning yagona manbai bo‘lib davlat byudjeti mablag‘lari 
hisoblanadi, lekin shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu mablag‘lar 
xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni to‘laligicha ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotini qondira olishi va hech ham tijorat asosida faoliyat 
ko‘rsatayotgan muassasa va tashkilotlardagi o‘rtacha ish haqidan 
kam bo‘lmasligi lozim. Aks holda bu sohada xizmat ko‘rsatayotgan 
xodimlar ichida xizmatiga nisbatan loqaydlik, korrupsiya kabi salbiy 
illatlar tomir otishi tabiydir.
Yuqorida keltirganimizdek, ayrim muassasa va tashkilotlar 
notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘ladi, ammo keng 
ommaga pullik xizmat ko‘rsatadilar. Jumladan, teatr, kinoteatr, 
advokatlar, notarial idora va boshqalar. Zero, mazkur xo‘jalik 
subyektlariga byudjetdan mablag‘ ajratilsada, u e’tiborli xususiyatga 
ega emas.
Iqtisodiyotning notijorat sohasiga ijtimoiy-madaniy xizmatlar 
kiradi. Ular iste’molchilarga pulli va bepul xizmatlar ko‘rsatish, 
keyinchalik moliyalashtirishning turli manbalariga ega bo‘ladi. 
Ijtimoiy-madaniy 
talablar 
uchun 
yo‘naltirilgan 
moliyaviy 
resurslarning aniq tarkibi avvalo, talab xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu 
talabni uch guruhga ajratish mumkin: jamiyat uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan talablar - har bir fuqaro oladigan daromadga 
bog‘liq bo‘lmagan, davlat tomonidan kafolatlangan talab. Bu 
xarajatlar byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ajratiladigan 
umumdavlat moliyaviy resurslari hisobidan qoplanadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin