Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. Davlat daromadlari 
Davlat va davlat korxonalari ixtiyorida moliyaviy resurslarni 
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlar 
yig‘indisiga 
davlat daromadlari 
deyiladi.
Davlat ixtiyorida shakllanayotgan moliyaviy resurslar maj-
muasi markazlashgan pul resurslari va davlat korxonalari ixtiyorida-
gilar esa, markazlashmagan pul fondlaridir. Markazlashgan davlat 
daromadlari asosan soliqlardan, ajratmalardan va tashqi iqtisodiy 
faoliyat daromadlaridan tashkil topadi. Korxonalar o‘zlarining 


141 
daromad va jamg‘armalaridan shakllanayotgan moliya resurslari 
yig‘indisi markazlashmagan pul daromadlarini tashkil etadi.
Davlat daromadlarini ikkiga bo‘lishdan maqsad, hozirda 
umumdavlat va jamoa iste’mollarini qoplash qanday amalga 
oshirilishini nazorat qilish bilan bog‘liqdir.
Davlat moliyasining asosiy daromad manbai bo‘lib milliy 
daromad hisoblanadi. Ammo, ayrim hollarda, ya’ni behosdan urush, 
tabiy ofat va h. k. lar paytida davlat daromadi manbai bo‘lib oldin 
jamg‘arilgan milliy boyliklar (oltin zahira, pullik xususiylashtirish) 
ham bo‘lishi mumkin. Davlat daromadiga moliyaviy resurslar jalb 
etishni shartli holatda uchta guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda soliq funksiyasini 
bajaruvchi majburiy to‘lovlar.
2.
Davlat zayomlari.
3.
Qog‘oz pullar emissiya qilish.
Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib 
soliqlar xizmat qiladi. Soliqlar asosan fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy 
ahamiyatni kasb etadi. Hukumatga kerak bo‘lgan moliya resurslarini 
shakllantirib borish bilan soliqlar fiskal funksiyasini kasb esa, 
ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida ayrim tarmoqlar 
iqtisodiyotiga molik imtiyozlarni berish bilan iqtisodiy yo‘nalish 
kasb etiladi va nihoyat kam daromadli aholini soliqlardan ozod qilish 
hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi.
Davlat daromadini davlat zayomlari orqali ta’minlash nafaqat 
byudjet taqchilligini moliyalashtirishga balki, rang-barang kapital 
xarajatlarga, iqtisodiyotning davlat sektoriga yo‘naltiriladi. Davlat 
zayomlaridan foydalanishga asosan moliyaviy tanglik davrlarida 
keng yondoshiladi, ayrim hollarda esa, uning miqdori soliqlarga 
nisbatan ham oshib ketishi mumkin, chunki soliqlar sonini va 
stavkalarini oshirish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Davlat daromadlari tushunchasini mazmunan ifoda etgan pul 
munosabatlarining obyekti bo‘lib, turli bosqichlarda va taqsimlash 
davrlarda har xil moliyaviy shakllarda ifodalangan ijtimoiy 
mahsulotning qiymatidir. Masalan, davlat korxonalarida taqsimlash 
obyekti bo‘lib, mahsulot sotishdan tushadigan daromad va quyidagi 
tarkibiy elementlaridir: foyda, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, 


142 
amortizasiya ajratmalari va boshqalar. Byudjet munosabatlarini 
obyekti sifatida quyidagi shakllar ko‘rilishi mumkin: foyda va ish 
haqi, byudjet daromadlarini tashkil etish manbai bo‘lgan soliq 
to‘lovlari. O‘z navbatida davlat krediti munosabatlarining obyekti 
bo‘lib korxonalarni vaqtincha bo‘sh bo‘lgan moliyaviy resurslari va 
aholini jamg‘armalaridir.
Davlat daromadlarini tashkil etishni asosiy manbai bu milliy 
daromaddir.
Milliy daromad deganimizda, moddiy ishlab chiqarish 
sohalarida bir yilda yangidan hosil qilingan qiymat yoki yalpi 
ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 
ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan so‘ng 
qolgan qismini tushunamiz.
Milliy daromad moddiy ne’matlar ishlab chiqariladigan 
sharoitlarda jonli mehnat tomonidan yaratilib, ham qiymat-pul, ham 
moddiy-buyum shakliga ega bo‘ladi. Milliy daromaddan xalq 
iste’moli 
va 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish 
maqsadlarida 
foydalaniladi. U xalq xo‘jaligining umumlashtiruvchi hamda xalq 
turmush farovonligining asosiy ko‘rsatkichi.
Davlat daromadlari hamma manbalarini ikki guruhga ajratish 
mumkin – ichki va tashqi. Ichkiga, davlatni ichida vujudga kelgan va 
davlatni o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalanadigan 
milliy daromad va milliy boyliklar kiradi. Tashqiga esa, davlat 
zayomlari shaklida boshqa davlatni milliy daromadi va ayrim 
hollarda milliy boyligi kiradi, agar ular davlat zayomlari shaklida 
qarzga olinsa yoki reparasion (urushda ko‘rilgan zararlarni qoplash 
uchun yig‘ilgan va urush chiqishiga sababchi bo‘lgan davlat 
tomonidan yengan davlatga to‘lanadigan tovon) to‘lovlar shaklida 
bo‘lsa. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat daromadlarini yig‘ish 
uchun asosiy usullaridan biri – bu turli ko‘rinishlardagi soliqlar, 
zayomlar va emissiyadir.
Davlat daromadlarini yig‘ish usullaridan biri – bu emissiyadir 
va faqat qog‘oz pullar emas, balki kredit emissiyasi ham. Soliq va 
zayomlardan tushgan daromadlar o‘sib borayotgan xarajatlarni 
qoplamagandagina va moliyaviy bozorda yangi zayomlarni chiqarish 


143 
uchun noqulay ahvol tug‘ilganda davlat emissiyaga murojaat qiladi: 
ham qog‘oz pul, ham kredit emissiyasi.
Davlat daromadiga moliyaviy resurslarni emissiya hisobiga jalb 
qilish eng noiloj paytlarda amalga oshiriladi. Qachonki soliqlardan 
tushadigan daromadlar va zayomlar davlat xarajatlarini qoplay 
olmasa, ya’ni moliyaviy bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni 
joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda qog‘oz pullar emissiya 
qilinadi. Qog‘oz pullar emissiyasi qachonki xo‘jalik subyektlari 
ishlab chiqarish aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda iqtisodiy 
samara beradi.
Agarda byudjet taqchilligini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlarni qoplash maqsadida qog‘oz pul emissiyasi amalga 
oshirilsa, milliy valyutaning qadrsizlanish jarayoni tez sur’atlar bilan 
ko‘tariladi. Pirovardida daromadi cheklangan aholi qatlami bundan 
qattiq moliyaviy aziyat chekadi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin