145
belgilangan ma’lum tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ulardan
asosiylari quyidagilar:
berilgan
mablag‘larni
ko‘zda
tutilgan
maqsadlarga
yo‘naltirish va ishlatish (iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalaridagi
qat’iy belgilangan chora-tadbirlarga davlat mablag‘larini yo‘nalti-
rish). Bu bilan hududiy va xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini
rivojlanishida tasdiqlangan mutanosiblikni
saqlanishi bilan amalga
oshiriladi
va
birinchi
navbatda
ilmiy-texnik
taraqqiyotini
aniqlaydigan va asosiy ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi istiqbolli
tarmoqlarni rivojlanishiga mablag‘lar ajratish;
davlat resurslarini qaytmasligi – bu korxonalar va
tashkilotlarni ta’minoti uchun davlat byudjetidan ajratilgan pul
mablag‘larini qaytarishga zaruriyat yo‘qligi. Kredit usulida
moliyalashtirishni farqligi – bu kredit oluvchi kreditga bergan
mablag‘larga belgilangan vaqtda va ulardan
foydalanganligi uchun
tasdiqlangan foizlar bilan korxona o‘z foydasidan davlatga qaytarishi
zarur;
iqtisod tartibiga rioya qilish – byudjet, kredit va o‘z
mablag‘lari hisobidan davlat xarajatlarini moliyalashtirishda optimal
birlikni saqlash. By rejalarni bajarish me’yorida davlat xarajatlarini
moliyalashtirish faqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilganda
hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tartibi asosida moliyaviy
resurslar ajratilishi ko‘zda tutiladi.
Davlat xarajatlarining ayrim turlari iqtisodiy mazmuni va
ahamiyati
bo‘yicha
har
xil.
Bu
har
xillik
xarajatlarni
moliyalashtirishning usullari, shakllari va manbalarida ifodalanadi.
Davlat xarajatlari iqtisodiy jihatidan quyidagi uch asosiy
guruhga bo‘linadi:
1. Birinchi guruh ishlab chiqarish xarajatlari –
bu davlatning
mulki, boyligini ko‘paytiradi yoki xususiy xo‘jaliklarni iqtisodiy
asoslarini mustahkamlaydigan xarajatlardir yoki boshqacha qilib
aytganda, davlatni xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va milliy
daromadni yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish sohasiga
tegishli xarajatlardir. Davlat xarajatlarini jamg‘arish fondi bilan
iste’mol fondi orasidagi optimal taqsimlanishi
davlatning iqtisodiy
siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
146
2. Ikkinchi guruhdagi xarajatlar milliy daromadni iste’mol
qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatning nomoddiy ehtiyojlarini
qondirishga yo‘naltiriladi. Noishlab chiqarish sohasiga qilinadigan
xarajatlar miqdoriy jihatdan ifodalash murakkab bo‘lgan natijani
bermasada, davlatning ijtimoiy manfaatlari uchun juda muhim
hisoblanadi. Noishlab chiqarish sohasiga
sarflanayotgan davlat
byudjetining mablag‘lari, avvalo, aholini ijtimoiy himoyaga olish fan
va ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport,
tabiatni muhofaza qilish va ekologik sharoitni yaxshilash hamda
boshqa madaniy chora-tadbirlarga yo‘naltirilgan.
Undan tashqari
davlat xarajatlari mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga
va samarali boshqarishga ham yo‘naltiriladi.
3. Uchinchi guruh davlat rezervlarini shakllantirish xarajatlari
bo‘lib, xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida
favqulodda zaruriyat tug‘ilganda uni bartaraf qilish uchun va
muammoni hal qilish uchun yo‘naltiriladi.
Davlat xarajatlarining ushbu guruhi o‘zaro uzviy bog‘langan.
Iqtisodiy mazmuni bo‘yicha davlat xarajatlarini
turkumlash muhim
ahamiyatga ega, chunki milliy daromadni taqsimlash vositasi sifatida
ijtimoiy takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishda xarajatlarning
ahamiyatini aniqlashga imkon yaratadi. Davlat xarajatlari quyidagi
shakllarda moliyalashtiriladi:
– o‘zini-o‘zi moliyalashtirish (davlat korxonalari xarajatlarini
o‘z moliyaviy resurslari evaziga moliyalashtirishi);
– byudjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega
bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirilishini ta’minlash);
– kredit orqali moliyalashtirishni ta’minlanishi (bir tomondan,
davlat korxonalari o‘z joriy va investision xarajatlarini qoplash uchun
olingan bank ssudalarini ishlasa,
ikkinchi tomondan esa, davlatni
turli darajadagi boshqaruv organlari davlat krediti shaklida moliyaviy
bozordan pul mablag‘larini jalb qiladi).
Davlat
xarajatlarining
moliyaviy
ta’minotini
yuqorida
ko‘rsatilgan shakllari orasidagi oqilona nisbati iqtisodiy manfaatini
to‘g‘ri balansini topishiga imkon yaratadi va har bir shaklni
qo‘llashdan yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: