Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
5. Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi 
Emissiya qilish huquqiga qarab zayomlar davlat zayomlari va 
mahalliy zayomlarga bo‘linadi. Davlat zayomlari markaziy 
boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va ular bo‘yicha tushgan 
mablag‘lar davlat byudjetiga yo‘naltiriladi. Mahalliy zayomlar 
mahalliy boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va ular bo‘yicha 
tushgan mablag‘lar tegishli mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlarning ishlatilish xususiyatiga qarab bozor 
uchun mo‘ljallangan va bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlarga 
bo‘linadi. Bozor uchun mo‘ljallangan obligatsiyalar (g‘azna 
majburiyatlari) qimmatli qozlar bozorlarida erkin sotib olinadi, 
sotiladi va qayta sotiladi. Bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlar 
qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni, 
ularning egalari bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlarni qayta sota 
olmaydi. 
Davlat zayomlari ta’minlanganligini belgilanishiga qarab 
kafolatlangan va kafolatlanmaganlarga bo‘linadi. Kafolatlangan 
zayomlar davlat mulki bilan yoki aniq daromalari bilan kafolatlanadi. 
Kafolatlanmagan zayomlar aniq moddiy kafolatga ega bulmaydi. 


149 
Bunday zayomlarning ishonchliligi davlatning ishonchliligi bilan 
belgilanadi. 
Zayomlarni qaytarish muddatlariga qarab qisqa muddatli 
(qaytarish muddati bir yilgacha), o‘rta muddatli (qaytarish muddati 1 
yildan 5 yilgacha) va uzoq muddatli (qaytarish muddati 5 yildan 
yuqori) davlat zayomlariga bo‘linadi. 
Davlat zayomlari daromad to‘lash xususiyatiga qarab foizli, 
yutuqli va diskontli (nol kuponli) zayomlarga bo‘linadi. Foizli 
zayomlar bo‘yicha daromad qarz foizi ko‘rinishida belgilanadi. 
Foizlar zayomlarni harakat qilish davri davomida bir xil qilib 
o‘rnatilgan bo‘lishi yoki kredit bozorida bu zayomga bo‘lgan talab va 
takliflar asosida o‘rnatiladigan o‘zgarib turuvchi foizlar belgilanishi 
mumkin. Foiz daromadlari bir yilda bir marta, yarim yilda bir marta 
yoki har chorakda bir marta to‘lanadigan bo‘lishi mumkin. Yutuqli 
zayomlar bo‘yicha kreditorlarga daromad to‘lash yutuq tirajlarini 
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda daromadni barcha 
kreditorlar olmaydi, balki yutuq chiqqan obligatsiyalar egalargina 
oladi. Diskontli davlat zayomlari ma’lum chegirma bilan sotiladi, 
ammo obligatsiya qiymati qaytarilganda davlat zayomining nominal 
qiymati kreditorlarga qaytariladi. Diskontli davlat zayomining 
nominal qiymati bilan kreditor tomonidan sotib olgan qiymati 
o‘rtasidagi farq kreditorning daromadi bo‘lib hisoblanadi. 
Qarzlar qaytarish xarakteriga qarab birdaniga qaytariladigan va 
qism-qismlarga bo‘lib qaytariladigan qarzlarga bo‘linadi. Qarzni 
qism-qismlarga bo‘lib qaytarishning uchta varianti bo‘lishi mumkin. 
Birinchi variant – zayom qiymati bir necha yil davomida uning turli 
qismlarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi variant – 
zayom qiymati doimo o‘sib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib 
kelajakda davlat daromadi har yili oshib borishi ko‘zda tutilgan 
hollarda qo‘llaniladi. Uchinchi variantda zayom so‘mmasi doimo 
kamayib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib kelajakda davlat 
daromadi har yili qamayib borishi yoki davlat xarajatlari ko‘payib 
borishi ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llaniladi. 
Davlatning qarzlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlariga qarab 
muddatidan avval qaytarish huquqi bilan va muddatidan avval 
qaytarish huquqisiz zayomlarga bo‘linadi. Qarzni muddatidan avval 


150 
qaytarish huquqi davlatga moliyaviy bozordagi vaziyatni hisobga 
olish imkonini beradi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin