152
Davlatning joriy qarz majburiyatlari – bu joriy yilda qaytariladigan
qarzlar va muayyan vaqtda barcha chiqarilgan zayomlar bo‘yicha
hozirgi davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar so‘mmasidir.
Davlatning umumiy qarz majburiyatlari – bu zayomlar bo‘yicha
to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha qarzlar
va foizlarning umumiy
so‘mmasidir.
Davlat qarz majburiyatlari o‘zining manbalari bo‘yicha 2 turga
(ichki va tashqi qarzlarga) bo‘linadi:
Davlat ichki qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan ichki
mablarni jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning
majburiyatlarini yig‘indisi.
Davlat tashqi qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan
xorijdan mablag‘lar jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning
majburiyatlari yig‘indisi. Xorijdan jalb qilingan mablag‘larga:
– davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan
yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki
xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;
– norezidentlar mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasining
moliyaviy institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
– lizing operatsiyalari;
–
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezident-
larining
obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli
qog‘ozlar chiqarish, xorijiy bozorlarda joylashtirishi hamda boshqa
tur va shakllardan foydalanish yo‘li bilan jalb qilinadi
5
.
Xorijdan mablag‘ jalb qilish – bu O‘zbekiston Respublikasi
yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar
aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning)
mazkur xorijiy
davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko‘ra uchinchi
shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, shu jumladan,
aktivlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni
taqdim etish
majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holda jalb etilishidir.
Davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi – bu aktivlarni chet el
manbalaridan (xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va
halqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida
_____________________________
5
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi qonuni.
153
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi
sifatidagi yoki qarz
oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (zayomlarini) to‘lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishidir.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – bu aktivlarni ichki
manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish
hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi
sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini)
to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishidir.
Dostları ilə paylaş: