652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
167
3. Mahalliy byudjetdan tashqari fondlar Byudjetdan tashqari fondlar quyidagi manbalar hisobidan
shakllanadi:
– fuqarolar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jamoat
tashkilotlarining ixtiyoriy badallari;
– mahalliy zayomlar, pul-buyum lotareyalari va auksionlar.
Mahalliy byudjetdan tashqari fondlarni tashkil qilish bo‘yicha
mahalliy hokimiyat organlari qaror qabul qiladi. Banklarda maxsus
hisob raqam ochiladi. Byudjetdan tashqari fondlar quyidagi
maqsadlarga yo‘naltiriladi:
–
Ijtimoiy maishiy obyektlar qurilishi;
–
Joriy moliya yilida rejalashtirilgan qurilishlar (kapital
xarajatlar);
–
Mahalliy byudjetning to‘lov qobiliyatini oshirish uchun;
Mahalliy byudjet smetalarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar,
yetishmagan taqdirda byudjetdan tashqari fondlar quyidagi
masalalarini hal etish uchun yo‘naltiriladi:
–
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning hududiy
boshqaruv organlari bilan aloqadorligini kuchaytirish;
–
Hududning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish;
–
Mahalliy
hokimiyat
organlarining
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning moliyaviy faoliyatini mustahkamlashda ishtirokini
kengaytirish;
–
Ijtimoiy va maishiy infratuzilmalarni kengaytirish.
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 1.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlar deganda
nimalarni tushunasiz?
2.
O‘zbekiston
Respublikasida
mahalliy
byudjetlar
mablag‘larni qanday taqsimlaydi?
3.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi qaysi mahalliy
byudjetlarni o‘z ichiga oladi?
4.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarning asosiy
daromadlari nimalardan ibarat?
168
5.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetga soliqlarning
ta’siri qanday?
6.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetga davlat
kreditining o‘rni.