2. Hududlarni rivojlantirishda mahalliy byudjetning moliyaviy
imkoniyatlari
Ma’lumki, mahalliy byudjetlarni shakllantirishda quyidagi to‘rt
komponent muhim hisoblanadi: xarajat vakolatlarini ular va
markaziy byudjet o‘rtasida cheklash; soliqli daromadlarni
taqsimlash; byudjet transfertlari va qarzlari. Byudjet xarajatlarini
amalga oshirish vakolatlarini aniq ajratmasdan turib, soliqli
daromadlarni taqsimlashda barqarorlikka erishib bo‘lmaydi, hamda
transfertlarning muvozanatlashtiruvchi tizimini yaratib bo‘lmaydi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, xarajatlarni cheklashning umumqabul
qilingan metodi yo‘q. Ammo optimal variantga erishish imkonini
beruvchi tamoyillar mavjud. Dastlab quyidagi tushancha – davlat
xarajatlarini maqsadli amalga oshirish degani shuki, xizmatlarni
maqsadli ravishda iste’molga maksimal darajada yaqin bo‘lgan
hukumatga biriktirib qo‘yishdir. Bunda xizmatlarning bir organ
tomonidan amalga oshirish xarajatlari bir necha organ tomonidan
amalga oshirishga qaraganda ancha arzon bo‘lishini inobatga olish
kerak. Shundagina iqtisodiyotda kam shtat birligi, mamlakat
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish birligi, yagona informatsion bazaga ega
bo‘lishlik kabi tamoyillarga amal qilingan bo‘ladi. Mazkur
tamoyillar harajat vakolatlarini cheklashni soddalashtirib ularning
samaradorligi va adolatliligini ta’minlaydi. Masalan, ijtimoiy
ta’minot xarajatlari markaziy byudjetga biriktirilishi kerak chunki,
164
har bir fuqaro qayerda yashashidan qat’iy nazar bir xildagi ijtimoiy
ta’minotga ega bo‘lishga haqlidir. Shuning uchun ham bunday
xarajatlarni rejalashtirish va boshqarishni markazga biriktirib, ularni
amalga oshirishni esa mahalliy byudjetlar zimmasiga yuklash kerak.
Chunki ular aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi va boshqa afzalliklarga
ega.
O‘zbekiston Respublikasida “Byudjet tizimi” to‘g‘risidagi
qonunga
asosan,
umumdavlat
harakteridagi
umumjamiyat
xizmatlarni hamda maxsus xarakterdagi (masalan, maxsus tibbiy
muassasalar) uchun markaziy hokimiyat javob beradi. Mahalliy
byudjetlar esa o‘zining administrativ hududi doirasidagi xarajatlarga
javobgar bo‘ladi. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga
mudofaa. Milliy xavfsizlik va sud organlarini saqlash kirsa, aniq bir
hudud aholisi sharoitiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, hududiy
ahamiyatdagi umumjamiyat xizmatlariga umumta’lim, tibbiy sanitar
yordam va boshqalarni misol qilish mumkin. Shuning uchun ham
Respublika byudjeti faqat mudofaa (istisno ravishda mudofaa
ishlarini boshqarish xarajatlari)ni 100 foizga amalga oshiradi,
qolganini turli darajadagi byudjetlar amalga oshiradi. Umuman
olganda mavjud qonunchilikka ko‘ra xarajatlarni taqsimlash jahon
standartlariga javob beradi. Ammo amaliyotda hamma vaqt ham
xarajatlardan samarali foydalanish ta’minlanmaydi. Buni quyida-
gicha izohlash mumkin. Asosiy sabab real biriktirilgan xarajatlar
qonunchilikka mos kelmasligidir. Bu avvalo, respublika va mahalliy
byudjetlar orasida xarajatlarni amalga oshirish mas’uliyatining aniq
chegarasi va reglamentasiyasining yo‘qligidandir. Amaldagi
qonunchilikka ko‘ra atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari
mahalliy hukumat organlari qaramog‘ida deyilgan, lekin, Davlat
tabiatni muhofaza qilish vazirligi va uning quyi tashkilotlari bu ishni
amalga oshirishib, to‘liq respublika byudjetidan moliyalashtiradi.
Huddi shunday holatni fuqarolarning aktivlarini ro‘yxatga olishda
ham ko‘rish mumkin. Amaldagi “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi
Respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlash
mohiyati ko‘rsatilgan, biroq, mazkur qonun doirasida umumta’lim,
sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqa jamiyat
ehtiyojlari uchun qilinadigan xarajatni amalga oshirishga bo‘lgan
165
mas’uliyatlarni cheklashning aniqroq reglamentasiyasi talab etiladi.
Ayniqsa yuqorida aytib o‘tilgan sohalarni moliyalashtirish aynan
qaysi byudjetdan amalga oshirilishini aniqlashtirish kerak. Yana bir
muammmoning mohiyati shundaki, mahalliy byudjetlarga minta-
qaviy emas, balki umummilliy xarakterdagi xarajatlarning biriktirib
qo‘yilganligidir. Gap markazlashgan investitsiya xarajatlari va
ijtimoiy nafaqalar haqida borayapti. Ijtimoiy himoyani boshqarish,
ularning me’zon va shakllarni belgilash vakolati markaziy
hukumatga qolayapti. Mahalliy darajada esa bu xizmatlar amalga
oshiriladi, moliyalashtiriladi. Shuning uchun bu xizmatlarni
ko‘rsatish maqsadli ravishda mahalliy hukumat organlariga biriktirib,
moliyalashtirishni esa respublika byudjeti amalga oshirishi maqsadga
muvofiq bo‘lardi. Bunday yondashuv mintaqalarda rivojlanish
darajasida muvozanatlilik va adolatlilik tamoyillarga bo‘ysunish
imkonini beradi. Xuddi shunday holatni mahalliy byudjetlarga
berilgan markazlashgan investitsiya xarajatlarni moliyalashtirishda
ko‘rish mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra xarajatlarini amalga
oshirish funksiyalarini taqsimlashda moliyalashtirish manbalarini
aniqlashga nisbatan turli xil qarashlar yuzaga keladi. Shunday ekan,
kapitil qo‘yilmalarni moliyalashtirish ularga javob beruvchi hukumat
darajasida qolishi kerak. Bu degani – davlat investisiya dasturi
asosida amalga oshiriluvchi kapital qo‘yilmalar respublika
byudjetidan amalga oshirilishi va ular markaziy darajada ishlab
chiqilishi hamda mos ravishda moliyaviy resurslar biriktirib
qo‘yilishi kerak. Mahalliy byudjetlar esa qarorlari mahalliy
byudjetlar
darajasida
qabul
qilinadigan
investisiyalarni
moliyalashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda moliyani
boshqarish tizimini shakllantirishning strategik yo‘nalishi –
hokimiyatlarning barcha darajadagi xarajatlar vakolatlari va ularni
respublika, viloyat, tuman byudjetlar o‘rtasidagi aniq cheklanishlari
inventarizatsiyasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda mahalliy byudjet moliyaviy imkoniyatlarini
oshirishda quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin:
1.
Mahalliy
byudjetlarga
ajratiladigan
tartibga
soluvchi
daromadlar miqdorini qat’iy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt
mobaynida o‘zgartirilmaydigan qilib belgilab qo‘yish.
166
2.
Byudjet ijrosi davomida mahalliy byudjetlarning daromad
rejasini o‘zgartirish orqali mahalliy byudjetlar tomonidan amalga
oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta’minlash amaliyotidan
voz kechish.
3.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan va byudjet tushumlari
hisobidan qoplashga asoslangan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish.
Bunda obligatsiyalardan keng ko‘lamda foydalanish mumkin.
Chunki obligatsiyalar qat’iy belgilangan foizlarda daromad keltiradi.
Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish, foiz to‘lovlarini o‘z vaqtida
amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining o‘sishiga olib
keladi. Bunda mahalliy byudjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va
nominal qiymati o‘rtasidagi farq ko‘rinishida sof daromad keltirishi
mumkin. Byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan qisqa muddatli
pul yetishmasligining oldini olish maqsadida obligatsiyalardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjet moliyaviy
imkoniyatlarini oshirishning yana biri – mahalliy hokimiyatlarni
byudjetlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini
yaratish bilan bog‘liqdir, ya’ni bunda mahalliy byudjetlarga tijorat
veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan,
Rossiya Federatsiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar
chiqarish yo‘li bilan byudjet tashkilotlarining boshqa xo‘jalik
tashkilotlari oldida qarzdorligi muammosini hal qilish imkoniga ega
bo‘ladilar. Lekin afsuski yurtimizda ba’zi bir kamchiliklar tufayli
veksellar muomalada mavjud emas. Bu kamchiliklarni o‘rganib
chiqib, ma’lum bir doirada veksellarning joriy qilinishi xo‘jalik
muomalalarini tezlashtirib turli muammolarni hal etish imkonini
beradi.
Hozirgi kunda ko‘pgina korxona va tashkilotlar o‘z xodimlari va
ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirib
kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida, ularning mablag‘larini ishlab
chiqarishdan chiqib ketishiga olib kelib, moliyaviy ahvoliga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu tomondan korxonalar tomonidan amalga
oshirilayotgan ijtimoiy xarajatlarni mahalliy byudjetlar tomonidan
amalga oshirilishi ushbu korxonalar uchun ishlab chiqarishni
rivojlantirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |