Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


  3. Davlat byudjetining xarajatlari



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 


178 
3. Davlat byudjetining xarajatlari 
 
Davlat byudjetining xarajatlari 
– davlatning markazlashgan 
pul mablag‘larini hudud, mamlakat, tarmoq yoki sohalar doirasida 
taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Eng avvalo, o‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, davlat 
byudjetining xarajatlari 
kapital va joriy xarajatlarga
bo‘linadi. 
Davlat byudjetining kapital xarajatlari
davlat hokimiyat 
organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet 
tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan byudjet 
xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga 
dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. 
Byudjetning joriy xarajatlari
davlat byudjeti xarajatlarining 
turkumlanishiga 
muvofiq 
kapital 
xarajatlarning 
tarkibiga 
kiritilmagan boshqa xarajatlardir. 
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra, Davlat byudjetining 
xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va 
ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga 
bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat 
ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, 
ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy 
zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha 
hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy 
jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. 
Davlat byudjeti iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga 
davlat tomonidan ta’sir o‘tkazilishining muhim vositasi bo‘lib, 
jamiyat hayotiga byudjet ta’sirining shakl va usullarini ham 
o‘zgartirmoqda. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti byudjet 
mablag‘larini yo‘naltirishga bog‘liqdir. Byudjet xarajatlari aniq 
ko‘rinishlarining rang-barangligi muayyan xususiyatlariga qarab 
tabaqalashtiriladi: takror ishlab tarmoq jarayonida ularning vazifasi, 
ijtimoiy yo‘nalishi, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, 
qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi hisobga olinadi. Davlat byudjeti 
xarajatlari ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 


179 
- ijtimoiy sohaga qilinadigan xarajatlar; 
- xalq xo‘jaligini rivojlantirishga qilinadigan xarajatlari; 
- mudofaa xarajatlari; 
- boshqaruv xarajatlari; 
- boshqa xarajatlar. 
Xo‘jalik yuritishning bozor usullariga o‘tish bilan byudjet 
mablag‘larini taqsimlashdagi ustivor yo‘nalishlar ham o‘zgardi, 
davlatning ijtimoiy funksiyasi kuchaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti, ya’ni jamiyat a’zolarining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish yo‘li tanlandi. 
Ijtimoiy soha tarmoqlari – maktabgacha tarbiya, xalq maorifi, 
madaniyat, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sportga byudjet 
mablag‘laridan ko‘proq ajratilmoqda. 
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga 
ketadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash ham shular 
jumlasidandir. 
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan xarajatlar 
salmog‘i kamayib boradi. Vaholanki, bunday ulush ma’lum 
vaqtgacha katta bo‘lib turishi mumkin, chunki iqtisodiyotdagi tanglik 
holatini yengish uchun davlat tomonidan bu sohaga ancha-muncha 
mablag‘ sarflash talab etiladi. 
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi byudjetning 
ijtimoiy yo‘naltirilgan xarajatlarini ko‘paytirish, fuqarolarning 
ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirish hamda keng ko‘lamli 
ijtimoiy dasturlarni, ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bilan 
oqilona uyg‘unlashtirib borishni taqozo etadi. 
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘nalitiriladigan 
xarajatlari pirovard natijada faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki jamiyatning iqtisodiy salohiyatini 
oshirishga yordam beradi, shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan mablag‘ sarflashdan butunlay voz 
kechishning iloji yo‘q, chunki iqtisodiyotning davlat sektori saqlanib 
turadi, u esa davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishni, kapital sarflarning tarmoq va hududiy tuzilishilarini izga 


180 
solib turishni talab etadi. Aniq maqsadli byudjet kreditlari 
ko‘rinishida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash ham saqlanib turadi. Bundan tashqari, 
davlat mulkchilikning muqobil shakllaridagi korxonalarning 
qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish va egalik qilishi ham mumkin. 
Davlat byudjeti mablag‘larining bir qismi mamlakatning 
mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi tadbirlarni mablag‘ 
bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining 
rivojlanish darajasiga, uning moliyaviy imkoniyatlari va halqaro 
vaziyatga ham bog‘liq bo‘ladi. Markazlashgan resurslar umumdavlat 
ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini 
ifodalaydigan tadbirlarni, jumladan: xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi 
qurilish-montaj ishlarini, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, 
boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va 
moliyaviy zahiralarini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. 
Mahalliy byudjetlardan uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlash-
tirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot 
sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi faoliyat 
ko‘rsatishning o‘ziga xos sohasi hisoblangan boshqaruv xarajatlariga 
to‘g‘ri keladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari bir biri bilan 
o‘zaro bog‘liqdir, ular bir biriga ta’sir etib turadi, bir birini 
muvofiqlashtirib borishi lozim. Davlat byudjeti xarajatlari kelib 
tushadigan byudjet daromadlarining hajmlariga karab kattik 
cheklanadi. Davlat byudjetining daromadlari esa davlatning iqtisodiy 
salohiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham byudjet xarajat-
larining muddati va hajmlarini kelib tushadigan daromadlarining 
muddat va hajmlariga muvofiq qilib belgilash juda muhimdir. Ayni 
paytda, ta’kidlab o‘tish joizki, byudjet mablag‘laridan foydalanishda 
ziddiyatli hollar ham bo‘lib turadi. Byudjet xarajatlarini to‘g‘ri 
rejalashtirmasligi natijasida byudjet yetishmovchiligi yuzaga kelishi 
mumkin.
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi hamma organlarda davlat 
byudjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida 
byudjet tasnifi yotadi. Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib 


181 
chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lu-
motlarini tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet ma’lumotlari 
halqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan 
qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga 
kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, ular-
ning taqchilligini mablag‘ bilan ta’minlash manabalarini guruhlash 
hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlarni yagona davlat 
byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funk-
siyani amalga oshirivchi hujjat bo‘lib qolmasdan, u katta iqtisodiy 
ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlashtiriladi va uning 
bo‘linmalari deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va 
moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari deb hisoblanadi. 
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab 
chiqiladi va tasdiqlanadi. Hamma darajadagi byudjetlar yagona 
byudjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shallantiriladi va ijro etiladi, 
ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha 
daromadlar va xarajatlar guruhlashtiriladi. 
Davlatning jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarishi uchun 
ma’lum miqdorda xarajat qilish talab etiladi. Davdat xarajatlari – bu 
davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini davlat faoliyati bilan 
ehtiyojlarni qondirish uchun qilingan sarflar yig‘indisidir. 
Byudjetning barcha xarajatlari: joriy xarajatlar va kapital 
xarakteridagi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi 
joriy xarajatlarga, qolgan qismi kapital xarajatlarga to‘g‘ri keladi. 
Shu o‘rinda byudjet xarajatlarini tasnifini ko‘rib chiqish lozim. 
Byudjet xarajatlarining tasnifini 3 ta asosiy guruhga bo‘lib 
o‘rganib chiqish mumkin bo‘ladi. Bular quyidagilardir: 
A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo‘yicha tasnifi; 
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi; 
V) Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin