173
Maktab ta’limi jamg‘armalari kiradi.
Maqsadli davlat jamg‘armalarini tuzish orqali hukumat
byudjetga kiritilmagan xarajatlarni moliyalashtirish mablag‘larini
mazkur nobyudjet jarg‘armalarida shakllantiradi.
Byudjet xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning tegishli
ma’muriy-hududiy
birliklarini
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
dasturlari bilan belgilanib navbatdagi moliya (byudjet) yilida
qonunchilikda belgilangan yo‘nalish va hajmlarda amalga oshiriladi.
Barcha
ma’muriy-hududiy
birliklar
byudjetlarining
muvozanatlashganligi mamlakat byudjet-moliya siyosatining zarur
shartlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat byudjeti taqchililigining chegaraviy miqdorlari
navbatdagi moliya (byudjet) yilida qonun tomonidan belgilanadi.
Respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan tasdiqlansa, mahalliy
bdyujetlarni
mahalliy
hokimiyat
Kengashlari
tasdiqlaydilar.
Tasdiqlangan va qonun kuchiga kirgan Davlat byudjeti hukumat
tomonidan belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga
oshirilishi shart hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: