Taqchillikning kelib chiqish sabablari:
–
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat byudjeti hisobidan
kapital qo‘yilmalar hajmining oshib ketishi;
–
favqulodda
holatlar
– urushlar, davomiy ommaviy
tartibsizliklar, tabiiy ofatlar;
–
YaIM o‘sish sur’atlarining pasayib ketishi, ishlab chiqarishning
izdan chiqishi;
–
byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi;
–
YaIM ning o‘sish sur’atlariga erishmasdan turib markazlashgan
uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni
moliyalashtirishning muttasil oshirib borilishi;
–
iqtisodiy inqirozlar va boshqalar.
Byudjet defitsitini bank resurslari hisobidan moliyalash-
tirishning eng keng qo‘llanilgan turi bu – davlat bankining kredit
resurslari hisobidan defitsitni moliyalashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, aksariyat mamlakatlarda
byudjet defitsitini bartaraf etishda pul emissiyasi xizmatidan keng
foydalanilgan. Bu esa o‘z vaqtida byudjet defitsitini emission kredit
berish orqali tartiblashtirishga yo‘l ochib berdi. Shu tariqa byudjet
defitsitini moliyalashtirish mexanizmi orqali muomalaga tovar-mod-
diy qimmatliklar bilan ta’minlanmagan pullar chiqartirilishi uchun
yo‘l ochib berildi.
Rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh, YeI davlatlarida
byudjet
defitsiti
bilan
pul
massasining
o‘sishi o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bo‘lmasada, mazkur mamlakatlarning
Markaziy banklari iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib,
pul-kredit siyosatiga oid qarorlarni hukumatning yo‘riqnomalarisiz
mustaqil tarzda qabul qilishi yuqoridagi bog‘liqlikni chetlab
o‘tmaydi. Byudjet siyosati ham o‘z navbatida, pul-kredit siyosatidan
ajratilgan holda ishlab chiqiladi va pul massasining tovarlar bilan
qoplanishini nazarda tutadi.
Amaliyot natijalariga nazar tashlasak, byudjet defitsiti
soliqlarning qisqarishi yoki davlat xarajatlarining ko‘payishi
hisobidan bo‘lishi mumkin, ammo bunday jarayonda doimo foiz
190
stavkalarining o‘sishi kuzatiladi. Markaziy bank foiz stavkalarining
keskin o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ochiq bozordan
davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi orqali pul massasining
o‘sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu esa defitsit va pul
massasining o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni Markaziy bank orqali
yuzaga keltirish imkoniyatini yaratmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun
investitsiyalarning byudjetdan moliyalashtirishi zarurligini hech kim
inkor etmaydi. Lekin ayni paytda bu byudjet defitsitini qisqarishiga
olib kelmasligini ham hisobga olish kerak. Binobarin, iqtisodiyotni
erkinlashtirish
byudjet
xarajatlarini
investisiyalardagi
ustuvorligining nodavlat moliyaviy manbalarga qaratilishi muhimdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, investitsiyalarning moliyaviy
manbalari sanoqlidir. Ular aholi jamg‘armalari, byudjet mablag‘lari,
xo‘jalik faoliyati subyektlari mablag‘lari va nihoyat pulga chaqilgan
turli moddiy aktivlardan iborat.
Byudjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni moliyalashtirish
tasnifidan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni bildirish mumkin:
–
Inflyatsiya sharoitida taqchillikni moliyalash manbalari asosan
ichki qarz mablag‘lari va manbalari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Fikrimizcha, tashqi qarz mablag‘larini jalb etish milliy iqtiso-
diyotning yanada taraqqiy topishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi. Mazkur jarayonni xorijiy mamlakatlar va milliy modelning
xususiyatlarini hisobga olgan hoda amalga oshirish mumkin.
–
Milliy iqtisodiyotning so‘nggi yillardagi barqaror rivojlanishi,
davlat byudjetning ikki davomida profisit bilan ijro etilishi
iqtisodiyotda investisiya uchun zahira jamag‘armalarining mavjud-
ligidan dalolat beradi, bu esa davlat xarajatlarini yanada oshirish,
ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo‘naltiriladigan
mablag‘lar hajmini oshirishga shart-sharoit yaratadi. Shu ma’noda
byudjet ijrosining yangi tizimi hisoblangan G‘aznachilikni joylarda
qisqa muddatlarda joriy etishga sarf-xarajatlarni moliyalashtirishni
oshirish imkoniyati mavjud.
–
Byudjet taqchilligini kamaytirish iqtisodiyotda mutanosiblikni
ta’minlashi muhim omili hisoblanadi. Buning uchun esa boshqaruv
xarajatlarini qisqartirish, dotatsiyalarning har xil turlarini va
191
narxlarini qoplash uchun mablag‘ ajratilishini kamaytirish,
markazlashtirilgan kafolatlash tizimidan voz kechish, mahalliy
byudjetlar mustaqilligi va o‘z-o‘zini moliyalashtirishga erishish
lozim.
Dostları ilə paylaş: |