Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Sekvestr
– davlat xarajatlarini har oyda barcha xarajatlar 
moddalari kesimida kamaytirib borish amaliyotidir. 
Byudjetning himoyalangan xarajat moddalari
: ish haqi va 
unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, moddiy yordam, 
stipendiya, qishloq xo‘jaligi investisiyalari va ko‘mir sanoati. 
 
5. Byudjet tizimi va qurilishi 
Davlat byudjeti davlat moliyasining markaziy bo‘g‘ini bo‘lishi 
bilan bir qatorda moliya tizimining asosini tashkil etadi. Davlat 
byudjetning iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning 
funksiyasi va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat 
jamiyatni boshqarish uchun o‘z oldiga bir nechta vazifalarni 
qo‘yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda 
byudjet mablag‘lari xizmat qiladi. 
Davlat byudjeti yaxlit hukumatga xizmat qilish bilan bir qatorda 
moliyaviy resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, hududlararo, 
mulk shakllari kesimida qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok 
etadi. Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy 
tizimda ham ayrim tarmoqlar uchraydiki, zamon ularning 
daromadlari o‘z xarajatlarni qoplay olmasada, lekin ular ishlab 
chiqarayotgan tovarlar, ko‘rsatayotgan xizmatlar va bajarayotgan 
ishlar umumjahon ahamiyatiga molik bo‘lgan tadbirlar bilan 
bog‘liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, tarnsport, sport 
va boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga byudjet orqali 
yuqori rentabelli tarmoqlarning moliyaviy resurslari olinib qaytadan 
taqsimlab beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
1. Respublika byudjeti; 
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy 
byudjetlar; 


192 
3. Davlatning maqsadli fondlarining byudjetlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti o‘zida Qoraqalpogiston 
Respublikasining respublika byudjetni va respublikaga buysunuvchi 
shaharlar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin