187
–
Davlatning noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari
hajmining keskin oshib ketishi hisoblanadi.
Byudjet defitsiti yuzaga kelishini mamlakatdagi iqtisodiy
inqiroz holatlari bilan bog‘lash maqsadga muvofiqdir. Buning sababi
iqtisodiy inqiroz paytida soliq tushumlari keskin kamayadi,
hukumatning qimmatli qog‘ozlarini sotish darajasi pasayadi va
hokazo. Bu pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining
rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada
byudjet defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat uchun bank
tizimining kreditlaridan foydalanishidan ko‘ra qulayroq va osonroq
yo‘l qolmaydi. Shuning uchun iqtisodiy inqiroz holatlarining yuzaga
kelishini alohida sabab sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Shunisi xarakterliki, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida tarkibiy
defitsit tushunchasi ham qo‘llaniladi. Tarkibiy defitsit deganda,
aholining to‘liq bandligi sharoitida davlat byudjetining salbiy
qoldig‘i tushuniladi. Bunda byudjet defitsitining miqdori davlat
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning joriy tadbirlari bilan
emas, balki sikllik tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar
paytida odatda ishsizlik ko‘payadi, bu esa tarkibiy defitsit miqdoriga
bevosita ta’sir qiladi. Demak, iqtisodiy inqirozlarni nafaqat
rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti uchun, balki rivojlangan
mamlakatlar amaliyoti uchun ham xos bo‘lgan omil sifatida qayd
etish mumkin.
Davlat byudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib
berishga xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri byudjet defitsiti
hajmini aniqlash metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi.
Halqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini aniqlashda
ikkita uslubiyatdan keng foydalanilmoqda:
Dostları ilə paylaş: