A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo‘yicha tasnifi:
Xarajatlarni davlat organlari funksiyalari bo‘yicha tasnifi davlat
sektoriga
kiruvchi
organlariga
yuklatilgan
funksiyalar
va
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning to‘liq tasnifidan iborat.
182
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi:
A)
Muassasa va tashkilotlar bo‘yicha byudjet tasnifi byudjet
xarajatlari
B)
hokimiyatlar, davlat organlari va tashkilot va muassasalar
bo‘yicha taqsimlashda foydalaniladi.
D) Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi:
Byudjet iqtisodiy tasnifining asosiy vazifasi byudjet va
xarajatlar smetasidan o‘z aksini topgan xarajatlar va daromadlar
turlari va naturalarini belgilab berishdan iborat.
Byudjet iqtisodiy tasnifi 7 ta raqamdan tashkil topgan.
Byudjetdan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1. Fan, talim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va
sport (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi
tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa –
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi);
2. Ijtimoiy taminot (respublika byudjetidan – respublika
byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi; mahalliy
byudjetlardan esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida turuvchi tashkilotlar
mablag‘ bilan ta’minlanadi);
3.
Aholini
ijtimoiy
himoya
qilish
(Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida
turuvchi tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi);
4. Mudofaa, milliy xafsizlik va jamoat tartibini ta’minlash
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
5. Sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash.
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
6. Davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish
hamda ularni saqlash (respublika byudjetidan mablag‘ bilan
ta’minlanadi);
7. Davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
8. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston
Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini
ta’minlash (respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi),
183
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini
ta’minlash esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar byudjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
9. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari tashkilotlarini saqlash
xarajatlari (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi
tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa –
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar
byudjetlarida
turuvchi
tashkilotlar
mablag‘
bilan
ta’minlanadi);
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning
maqsadli davlat dasturlari va taldablarini amalga oshirish (respublika
byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); qonun hujjatlariga muvofiq
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning tarmoq dasturlari va
tadbirlarini amalga oshirish esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan mablag‘ bilan
ta’minlanadi);
11. Yer tuzish, melorativ, tabiyatni muhofaza qilish va
epizootsiyaga qarshi kurash chora tadbirlarini amalga oshirish
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
12. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
13. Gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora – tadbirlari
va boshqalar (respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi);
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qilinadigan xarajatlar davlatning
ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liqdir. Bu xarajatlar
quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
1) xalq ta’limi, mutaxassis kadrlari tayyorlash;
2) madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari;
3) sog‘liqni saqlash;
4) jismoniy tarbiya va sport;
5) ijtimoiy ta’minot.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qilinadigan xarajatlar smeta
tartibida rejalashtirish tamoyillari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlarni
mablag‘ bilan ta’minlash aniq tadbirlar va xarajat turlari bo‘yicha
184
mablag‘ bilan ta’minlashtiriladi. Xarajatlar hajmi o‘zaro bir-biri bilan
bog‘liq bo‘lgan noishlab chiqarish tarmoq sohalari tashkilotlarida
ishlab-chiqiladigan smetalar va moliya organlarida tuziladigan
mablag‘ bilan ta’minlash hisob-kitoblari asosida aniqlanadi. Hamma
hisob-kitoblar asosida tashkilotlarning faoliyatini xarakterlaydigan
qancha kontengentga (o‘quvchilar, hisob guruhlari, sinflar, koykalar,
o‘tkazilgan operatsiya va boshqalar miqdori) xizmat qilish
ko‘rsatkichlari yotadi. Bunda yil davomida qancha vaqt faoliyat
ko‘rsatishi ham hisobga olinadi. Bu ko‘rsatkichlar hisob-kitob
o‘lchovlari sifatida xizmat qiladi. Hisob-kitob o‘lchovi qilinadigan
pul xarajatlari byudjet tashkilotining faoliyat ko‘rsatishini va
rivojlanishini ta’minlaydigan me’yor bo‘yicha belgilanadi.
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va uni bosqichma –
bosqich qayta tashkil qilish, ko‘p kanalli mablag‘ bilan ta’minlashni
joriy etish, davolash tashkilotlariga mablag‘lar amalga oshiriladigan
xizmatlarning hajmi va sifatiga ko‘ra ajratishni ko‘zda tutadi.
Byudjet mablag‘larining katta so‘mmasi internat uylarini saqlashga,
tibbiy mehnat ekspertizalariga, protezlashga va boshqa tadbirlarga
yo‘naltiriladi.
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘
bilan ta’minlash (mablag‘ ajratish) doirasida quyidagi shakllarda
amalga oshiriladi:
1)
byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari;
2)
joriy byudjet transfertlari;
3)
kapital xarajatlar: a) asosiy fondlar va vositalarini (ular bilan
bog‘liq ishlar va xizmatlar ham ular jumlasiga kiradi) davlat
ehtiyojlari uchun sotib olish va takror ishlab chiqarish; b)chet elda
davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk sotib olishga; d)
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy
aktivlarni sotib olishga; e) davlat zahiralarini vujudga keltirishga;
4)
kapital xarajatlarini qoplash uchun yuridik shaxslarga
beriladigan byudjet transfertlari;
5)
rezidentlik shaxslarga va chet davlatlarga beriladigan byudjet
ssudalari;
6)
davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet dotatsiyalari
va byudjet ssudalari (byudjet dotatsiyasi deganda o‘z daromadlari va
185
byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda
quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlarni o‘rtasidagi farqni
qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti
bilan ajratiladigan pul mablag‘lari tushuniladi. Byudjet ssudasi
deganda yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoki respublika
byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet davlatga qaytarish
sharti bilan ajratiladigan mablag‘ tushuniladi);
Dostları ilə paylaş: |