174
tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet)
kategoriyaning namoyon
bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar,
yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining
daromadlari yaratilgan
yalpi ichki mahsulot(YaIM)da davlatning ulushini ko‘rsatadi.
Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki
(milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning
umumiy hajmi, u yoki bu
davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa
va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda
Davlat byudjetida mablag‘larni konsentratsiya qilish (to‘plash,
yig‘ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi.
Byudjetning daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri
byudjet tizimida boshqa darajada
turgan byudjetdan dotatsiyalar,
subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va
tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir.
Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni
oluvchi byudjetning
daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik
shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan
qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan
mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat
byudjetining daromadlari
quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi:
Dostları ilə paylaş: