1. To‘g‘ri (bevosita) soliqlar.
Ularning tarkibiga yuridik
shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat
byudjetiga ajratmalar, yagona soliq to‘lovidan (mikrofirmalar va
kichik korxonalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar,
jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning
daromadidan olinadigan qat’iy soliq kiradi.
2. Egri (bilvosita) soliqlar.
Bu soliqlarning tarkibi qo‘shilgan
qiymat solig‘I, aksizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan
olinadigan yagona boj to‘lovi, transport vositalari uchun benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan
soliqdan iborat.
175
3. Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i.
Bu guruhga kiruvchi
soliqlar va to‘lovlar mol-mulk solig‘I, yer solig‘I, yer osti
boyliklaridan foydalanganlik va suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqni o‘z ichiga oladi.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
5.Boshqa daromadlar.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra, davlat byudjetining
daromadlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin:
– xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar;
– aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko‘ra, Davlat byudjetining daromadlari
quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
– davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlar;
– aholidan olinadigan mablag‘lar.
Byudjet daromadlarining yuqorida sanab o‘tilgan har bir
guruhlari daromadlarning manbalari, to‘lovlarning turlari va
hokazolar bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linishi ham mumkin.
Masalan, davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat
korxona va tashkilotlarining to‘lovlari, davlat mulkini sotishdan
olinadigan
daromadlar,
davlat
tashkilotlari
tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan
byudjetga kelib tushadigan mablag‘lar esa soliqlar va boshqa
ixtiyoriy to‘lovlardan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat
byudjetining daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat.
Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan
daromadlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat, aksiz, daromad (foyda)
soliqlari va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulkidan
olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va
musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va
pochta jo‘natmalarini, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan
mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat.
Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan
xizmatlar
uchun
olingan
daromadlarga
davlat
avtomobil
inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar, tovar belgilarini
176
qayd etganlik uchun yig‘imlar, o‘lchov asboblarini davlat
tekshiruvidan o‘tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari
hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda
jalb qilinishi ham mumkin. Bunda da romadlarni majburiy shaklda
jalb qilish hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to‘lovlarga
davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotoreyalarini realizatsiya
qilishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan ma’lum bir mablag‘lar belgilangan muddatlarda
byudjetga o‘tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to‘lovni qonun
tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to‘lanmagan summalarning
majburiy undirilishini ko‘zda tutadi. Bu holat byudjetning ijrosi
uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, mablag‘larni to‘liq va o‘z
vaqtida byudjetga mobilizatsiya qilishga (jalb etishga) yo‘naltirilgan.
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil
metodlarni qo‘llash evaziga olinishi mumkin:
1) soliqli metodlar;
2) nosoliqli metodlar.
Soliqli metodlar uchun mablag‘larning davlat byudjeti foydasiga
aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda
undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki
(milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi
davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan
qiymat, aksiz, daromad (foyda), yer, mol-mulk soliqlari va boshqa
soliqlar kiradi.
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo‘lgan korxona va
tashkilotlardan olinadigan to‘lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmaydigan
mablag‘lar ham Davlat byudjetining daromadlari bo‘lishi mumkin.
Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish
uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan
mablag‘larni sarf etsa-da, u bu mablag‘larni belgilangan muddatlarda
177
va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet
daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini
realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi.
Davlat byudjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat
shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish
nuqtai-nazaridan oldindan mo‘ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular
umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida
foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina
oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Ularning
tarkibiga ijtimoiy sug‘urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning
alohida shakllari va turlarining yig‘indisi davlat byudjeti
daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli subyektlardan
kelib tushadigan davlat byudjetining daromadlari umumdavlat
ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy
bo‘lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi
vazifalarning o‘zgarishiga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi.
Shuningdek,
davlat
byudjeti
daromadlarining
tarkibiy
tuzilmasida to‘g‘ri (bevosita) soliqlar ham o‘z o‘rniga ega. Ular
yordamida byudjet daromadlarining deyarli asosiy qismi tashkil
topayapti. Uning asosiy qismi (jami to‘g‘ri (bevosita) soliqlarning
56,5%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
hissasiga to‘g‘ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan
byudjet daromadlarini shakllantirishda alohida rol (73,1%)
o‘ynamoqda.
Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i yordamida davlat byudjeti
daromadlarining 18,3% ga yaqini tashkil topayapti. Uning asosiy
qismi (shu guruhga kiruvchi soliqlarning 57,0%) yer osti
boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri kelayapti. Milliy
iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining
samaradorligi mablag‘larning byudjetga tushumini tashkil etishga
bevosita bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |