193
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini tashkil etishning
asosiy prinsiplari quyidagilardan tashkil topgan:
–
normativ-qonuniy asosni unifikatsiyalash;
–
pul tizimini qurilishni, byudjet tasnifi tizimini,
byudjet
hisoblash hujjatlarini, byudjet jarayonining birligi;
–
byudjet qurilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-
hududiy bo‘linishi bilan mosligi;
–
davlat byudjetini tashkil etuvchi byudjetlarning o‘zaro
aloqadorligi;
–
davlat byudjeti taqchilligini mumkin bo‘lgan darajasini
hisobga olgan holdagi davlat daromad va xarajatlarining tengligi;
–
davlat daromad va xarajatlarining aniq manbalar va
yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtirilishi;
–
davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun bilan belgilangan
assignovaniya chegarasida davlat byudjeti xarajatlarini amalga
oshirilishi;
–
kapital va joriy xarajatlarni chegaralanishi;
–
byudjetlarning mustaqilligi;
–
hisobotlarni to‘g‘riligi;
–
byudjet bajarilishini sifatini nazorati.
O‘zbekiston Respublikasida barcha
darajadagi byudjetlarni
shakllanishi, ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishining hisobi
milliy valyutada amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli fondlari respublika byudjeti va mahalliy
byudjeti bilan birgalikda konsolidatsiyalashgan byudjet tushuncha-
sini beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
–
Mahalliy soliqlar, majburiy to‘lovlar va boshqa soliqsiz
to‘lovlarni qonunlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti
va mahalliy byudjetlarga ajratish orqali;
–
Davlat byudjeti qonuni asosida
umumdavlat soliqlari va
boshqa tushimlarni Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlarga yo‘naltirish orqali;
–
Davlat aktivlarini foydalanishga berishdan keladigan
daromadlarning bir qismi;
194
–
Tasdiqlangan normalar asosida vorislik, sovg‘a asosida davlat
ixtiyoriga o‘tgan pul mablag‘larining bir qismi;
–
Yuqori byudjetdan byudjet dotatsiya va subvensiyalari
hisobiga;
–
Boshqa manbalardan qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan
pul tushumlari;
–
Harakatdagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa daro-
madlardan.
Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlarga yuqori turuvchi byudjetdan byudjet ssudasi
shaklida mablaglar kelib tushishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: