Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Hayotiy minimum byudjeti
o‘z ichiga uy xo‘jaligi 
a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga 
mo‘ljallangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari 
to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi. 
Minimal iste

mol byudjeti
uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan 
kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va 
iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi. 
Optimal iste

mol byudjeti
esa uy xo‘jaligi darajasida 
(doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni 
ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki 
bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan 
ham yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal 
iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish 
(ajratish) mumkin: 

o‘rtacha darajadagi yetarlilik byudjeti; 

yuqori darajadagi yetarlilik byudjeti. 
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning 
umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari 
ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga 
asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni 
qoplashga yetadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi 
iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida 
daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot 
kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z-o‘zini ta’minlash, 
ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, savdo va 
boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daromadlarning 
o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va 
uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning 
o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha 
qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda 
J.M.Keyns
9
tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” 
nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va 
_______________________ 
9
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. – М., 1999. с.96. 


207 
jamg‘armalar yo‘nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida 
namoyon bo‘ladi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin