Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

14-MAVZU: XALQARO MOLIYA 
 
Reja: 
1. Xalqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari. 
2. Xalqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari.
3. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon banki va 
Xalqaro valyuta fondi.

Kalit so‘zlar:
transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar.
Mashg‘ulotning 
maqsadi:
mamlakat 
bo‘yicha 
to‘lov 
balansining holati va o‘zgarishini, xalqaro moliyaviy bozorlar
xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion 
faoliyati haqida tushuncha berish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar.
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish.
1. Xalqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari 
Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar va ularning global 
harakatini tavsiflovchi tushunchadir. Jahon savdosining shiddatli 
o‘sib borishi, ishlab chiqarish masshtabi va ixtisoslashuvining rivoj-
lanishi, kapitallarnining xalqaro oqimini, davlatlararo tovarlar, xiz-
matlar va mehnat resurslarining harakatini rivojlanishi xalqaro 
moliyaning rivojlanishi va xalqaro moliyaviy bozorlarning shakl-
lanishi, davlatlararo moliyaviy munosabatlarni tobora murakkab-
lashuvi uchun sharoit yaratdi.
Jahon moliya tizimining asosiy ishtirokchilari banklar, 
transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarz 
beruvchi donorlar hisoblanadi.


210 
Jahon moliyaviy resurslari (global moliyaviy resurslar)- barcha 
mamlakatlar, 
xalqaro 
tashkilotlar 
va 
jahonning 
moliyaviy 
markazlariga tegishli moliyaviy resurslarning global hajmidir. Ular 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezident va norezidentlar 
o‘rtasidagi munosabatlarda foydalaniladi.
Jahon moliyaviy resurslarining manbalari quyidagilardan 
iborat: 
- donor mamlakatlar, qaysiki, jahon moliyaviy resurslarida 
ustuvor ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar; 
- xalqaro tashkilotlar fondlari; 
- xususiy shaxslar, kompaniyalar, tashkilotlar, rivojlangan 
mamlakatlar hukumatlariga tegishli jahon oltin valyuta zahiralarining 
sezilarli qismi va boshqalar.
Keyingi yillarda xalqaro moliyaning rivojlanishiga bir qator 
omillar ta’sir ko‘rsatdi. 
Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning 
milliy moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlariga ega 
bo‘la boshladi.
Jahon 
iqtisodiyotining 
globallashuviga 
transmilliy 
korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklarning (TMB) vujudga 
kelishi va keskin rivojlanishi ham sezilarli turtki bo‘ldi. Butunjahon 
xo‘jaligining transmilliylashuvi natijasida mamlakatlararo milliy 
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va birlashishi TMKlarning 
faoliyatini yanada rivojlantirdi. TMKlar tomonidan mamlakat 
iqtisodiyotiga 
bevosita 
investitsiyalash 
ishlab 
chiqarishda 
menejment, marketing, texnologiyalarni joriy etishning yangi 
usullarining yoyilishiga va shu asosda, jahon iqtisodiyotining 
globallashuv jarayonini tezlashtirdi. 
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi eski davlatlararo mexanizm 
o‘rniga 
globallashuv, 
integratsiya, 
transmilliylashuv 
va 
mintaqalashuv jarayonlariga muvofiq keladigan munosabatlar qaror 
topa boshladi. Ikki tomonlama manfaatli munosabatlar ko‘p 
tomonlama hamkorlikka, milliy ishlab chiqarish transmilliy ishlab 
chiqarish shakliga o‘ta boshladi. Jahon iqtisodiy ta’sirchan 
subyektlari rolini butunjahon xo‘jaligining qariyb barcha sohalarini 


211 
tartibga solib turuvchi turli xalqaro iqtisodiy va moliyaviy 
tashkilotlar egallay boshladi. 
Ayniqsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining 
ta’sirida jahon xo‘jaligining taraqqiyotidagi o‘zgarishlar xalqaro 
moliyaga jiddiy ta’sir etdi.
Byudjet defitsiti esa dunyodagi har 5 mamlakatdan 4 tasida 
kuzatildi. Bunga sabablardan xom ashyo mahsulotlar narxining 
tushishi, kredit berishdagi ko‘plab cheklovlar hamda davlatlarning 
proteksionizm siyosatining unchalik qattiq qo‘llamasligi orqali 
tovarlarga nisbatan talabning kamayib ketishiga olib keldi. Shu bilan 
bir qatorda davlatlarning tashqi qarzdorligi oldingi yilga nisbatan 
o‘rtacha 6%ga kamaydi, chunki halqaro banklarning yangi kredit 
ajratmalari yo‘qoldi. Global tanazzul aslida esa moliya bozoriga 
nisbatan ishonchsizlikning oshishi, banklarning tanazzuli, kredit 
ajratmalarining qisqarishi, ipoteka bozorlaridagi narxlarning tushib 
ketishi, kapital qo‘yilmalarning foiz ulushlarining qisqarishi, 
iste’molchilarning ishonchsizligi hamda savdo tushumining keskin 
kamayishi asosiy sabablardan, deb belgilanadi. Bunday ko‘rinishdagi 
moliyaviy qiyinchiliklarga javoban ko‘pgina davlatlar ko‘proq 
monetar va fiskal siyosatga e’tiborni qaratib, proteksionistik 
siyosatni esa amalga oshirishni ma’qul topmadilar. Byudjet defitsiti 
oqibatida har 15 davlatdan 14 tasi aylanma kapitalga ehtiyoj sezdi. 
Bu esa global miqyosda g‘aznadagi yangi davlat qarzlarini keltirib 
chiqardi, ya’ni iqtisodni rivojlantirishga sarflanadiga chiqimlar 
miqdori jahon bo‘yicha o‘rtacha 4 trillion AQSh dollarni tashkil etib 
qo‘ydi. Ustama foiz ulushi darajasi past ko‘rsatkichlarda ushlab 
turish hamda qarzlarni to‘lash uchun iqtisodiyotdagi valyuta 
miqdorini oshirdilar. 2019- yilning boshida inflyatsiya bilan 
ta’sirlashuvsiz mahsulot hajmi bozorda ko‘payib ketdi. Bu yerda foiz 
darajalarni ko‘paytir- masdan inflyatsiya darajasini me’yorda ushlab 
turish markaziy banklarning mas’uliyatli ishidir, ammo iqtisodiy 
o‘sishga bu salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahondagi tannazzul dunyoning 
yana boshqa masalalarida global mumammolarni yuzaga chiqardi. 
Allaqachon to‘lib toshgan globusdagi har yili o‘rtacha 80 millionga 
ko‘payib borayotgan dunyo aholisi endi ishsizlik, ekologiya 
muhitining yomonlashuvi, zararli chiqindilarni yo‘qotish muammosi, 


212 
epidemiya, ichimlik suvining tanqisligi, ochlik, dengiz baliqchi- 
ligining belgilangan me’yordan ortiq rivojlanishi, daraxtzorlarning 
kamayishi, cho‘llashish hamda qayta tiklanmaydigan resurslarga 
nisbatan iste’molning ko‘pligi kabi muammolarga duch kelmoqda. 
Iqtisodiy-siyosiy boshqaruv organi bo‘lgan mahalliy hukumatlar esa 
halqaro emigratsiya, tovarlar oqimi, moliyaviy holat hamda 
texnologik o‘zgarishlarni boshqarolmay qoldilar. Davlat ichkarisi- 
dagi regional separatistik harakatlar kichik etnik va millatlararo 
kelishmovchiliklar ustidan boshqaruvni yo‘lga qo‘ya oldilar. Bunga 
ko‘pgina sobiq ittifoq davlatlari, sobiq Yugoslaviya, Hindiston, Iroq, 
Indoneziya va Kanada davlatlari misol bo‘la oladi. Ammo, markaziy 
davlat 
boshqaruvlari 
asosan 
Yevropa 
Ittifoqida 
xalqaro 
miqyosidagi muammolarni hal qilish borasida o‘z kuch va 
mavqeylarini yo‘qotib bormoqdalar. G‘arbiy Yevropadagi 1999- 
yilda yagona umumiy valyuta yevroning joriy qilinishi aslida 
iqtisodiyotlarni umumlashtirish yo‘lida qilingan yangi qadam 
bo‘lsa-da ammo, bunga aloqador bo‘lgan yevro davlatlaridagi 
mahalliy daromad o‘sish darajalari, pul islohoti yo‘nalishlari hamda 
madaniy-siyosiy vaziyatlarning turlichaligi sababli iqtisodiy risk 
tobora ortib ketdi. G‘arb davlatlaridagi resurslarni tashkil qilish 
borasidagi ijtimoiy yordam masalaridagi murakkabliklar tufayli 
yangi ishchi o‘rinlarni barpo qilish uchun investitsiyalar sonini 
ko‘paytirish borasidagi mumammolar tug‘ildi. Natijada sanoatga 
yetarli ishchi kuchini tayyorlash uchun, mehnat resurslari sonini 
kambag‘al davlatlar ishchi kuchi hisobiga to‘ldira boshladilar. 
AQSHdagi 11-sentyabr voqeayasidan keyin iqtisodiyotdagi moli-
yaviy riskning ortishi natijasida investorlar o‘zlarining pulla-
rini antiterror dasturlari uchun emas, balki boshqa yo‘nalishlarga 
yo‘naltira boshladilar. Iroq va Afg‘onistondagi urushlar iqtisodiy 
investitsion loyihalarga o‘z tahlikasini o‘tkazdi. Lekin shunga 
qaramasdan hozirgi barcha jabhalardagi texnologik rivojlanishlar 
kengaydi. Bu masalan, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, alternativ 
energiya resurslarini barpo qilishda, metallurgiya hamda transport 
sohasida ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, yaxshilangan global aloqa 
tarmoqlari xalqaro savdoda sarf-xarajatlarni qisqartirdi. Bunday 
qulayliklar mehnat resurslarining va mehnatni taqsimlashning global 


213 
mavqeyi oshishida qulaylik yaratmoqda. Mana shunday ko‘rsat-
kichlar esa dunyo iqtisodiyotini qayta rivojlanish potensiyali hali 
yuqori ekanligini ko‘rsatadi. 
Halqaro aloqalarning rivojida moliyaning roli uch yo‘nalishda 
namoyon bo‘ladi: 
1.Turli xil yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni moliyalashtirish 
uchun kerakli manbalar qidirish va mobilizatsiyalash. 
2. Xalqaro integratsion jarayonlarni muvofiqlashtirish. 
3. Har qaysi halqaro munosabatlarning turi va bevosita 
ishtirokchilarini rivojlantirishga rag‘batlantirish. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin