223
XVF
Qo‘shimcha rezerv dasturi
ni amaliyotga joriy qildi. Mazkur
dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan
kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli
kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi.
2.
Uzaytirilgan fond dasturi
XVF tomonidan to‘lov balansi
qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maq-
sadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy
muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy
nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
3.
Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi
asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil
bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim
etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu
kategoriyaga mansubdir. 2005-yilda
Ekzogen shoklar dasturi
ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni
qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust
rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida
bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi
muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Xalqaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi subyektlar nima?
2.
Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari qaysilar?
3.
Tijorat kreditining muddati odatda necha yil bo‘ladi?
4.
O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish tizimi
qachon joriy qilingan?
Dostları ilə paylaş: