652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
Soliqlar aholidan, korxonalar va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlardan davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan undirib olinadigan majburiy to‘lovlardir. Soliq o‘z mohiyatiga ko‘ra yalpi ijtimoiy mahsulotning (YaIM) bir
qismi bo‘lib, soliq to‘lovchilar bundan biror-bir foyda ko‘rish
ko‘rmasligidan qat’iy nazar, o‘z mablag‘laridan davlat hisobiga
majburiy ajratmalar ko‘rinishida aks etadi
Soliqlarning mohiyati uning quyidagi xususiyatlari orqali
namoyon bo‘ladi:
1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu so‘mmasini davlatga to‘lar
ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi.
Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori
bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan
to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga
ko‘ra soliq narxdan (tovar yoki xizmatlarni ihtiyoriy iste’mol
qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya)lar
va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki
ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, hamma vaqt ham hukumat
tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi
bilan bog‘liqdir.
2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘la va
o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga
yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda
to‘laydilar, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar tegishli tartibda
javobgarlikka tortiladilar.
Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan
belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan
qismi undirib olinadi.
Aksariyat mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonning ham
soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlash faqat oliy qonun
chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan
organlar tomonidan amalga oshirilishi qonun hujjatlari asosida
mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolar yoki boshqa tashkilotlar o‘z
227
xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning
hajmlarini aniqlash vakolatiga ega emaslar. To‘lovlarning qonuniy,
shaffof bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifidir.