228
Boshqa majburiy to‘lovlar
– Soliq kodeksida belgilangan
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona
to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar
tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga
nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun
to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliqlarning elementlari:
–
soliq solish obyekti;
–
soliq bazasi;
–
soliq stavkasi;
–
soliq davri;
–
soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
–
soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
–
soliq to‘lash tartibi.
Soliq
solish obyekti molk-mulk, harakat, harakat natijasi yoki
qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa holat
bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq
to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Soliq to‘lovlari quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
–
Daromad keltiruvchi mehnat yoki faoliyatning ma’lum bir
qismidan majburiy undirilishi;
–
Moddiy boyliklarning qaytarilmaslik sharti bilan olinishi;
–
Moddiy boyliklarni o‘zaro almashinish o‘rtasida aniq
farqlarning mavjud emasligi.
Soliqlar davlatning amal qilish uchun zaruriy unsur hisoblanadi,
shuning uchun soliqlarni to‘lashning majburiyligi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ham aniq belgilab qo‘yilgan. Unga
ko‘ra Fuqarolar qonun bilan belgilangan
soliqlar va mahalliy
yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi
hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli (11-bob, 51-modda,
25-bob 123-modda).
Soliqlarning belgilanishi va to‘lanishi mulkning ixtiyoriy
ravishda tortib olinishini anglatmaydi, balki uning ma’lum bir qismi
229
qonunga muvofiq huquqiy majburiyat sifatida to‘lov
tarzida
undiriladi.
To‘lovlarning xususiyatlari quyidagilar:
–
Muayyan sharoit vujudga kelganda pul to‘lovlarini amalga
oshirishning majburiyligi;
–
To‘lovlar shaxsiy va qaytarib to‘lash xususiyatiga ega;
–
Majburiy to‘lovlar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan turli
xizmatlarga to‘lanadigan to‘lov(xizmat haqi)dan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: