3. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga chiqishi
davlatning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Soliq – tor
ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda
undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar
bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat
o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy
manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish
iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarning
obyektiv amal qilishini talab etadi. Jamiyatning norentabel (mudofaa,
tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga
ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy
zarurligi soliqlarning obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi,
vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat
tomonidan amalga oshiriladi, natijada ularni moliyalashtirish usuli
sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga
tegishli bo‘ladi.
Soliqlarning obyektiv zarurligini birinchidan, davlatning qator
vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor
iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida tushuntirishimiz mumkin.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p, shu bois
bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan
bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qolib boradi va
yangi vazifalar paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlari sharoitida
davlatning yangi vazifalari yuzaga keladi.
230
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini
bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy
shaxslar) bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida
bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganda, ishlar
bajarganda yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul
munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo‘la olmaydi, soliq
munosabati bo‘lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot
qiymatini taqsimlash yo‘li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda
to‘lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy
manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat
moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha
yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan
biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi
soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish
samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy
tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini
shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu
jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi.
Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq,
chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqil-
ligining bosh manbayidir.
Aholini soliq munosabatlariga kiritishga, insoniyat tarixida
yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrda buyuk saltanat barpo qilgan
Amir Temur katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini
yuzaga keltirishda, asosan, soliqlarga tayangan.
Soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning
paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini
ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarning bajarilishini moddiy
ta’minlashning manbayi sifatida xizmat qilgan. Davlatning
rivojlanishi
bilan
uning
vazifa
va
funksiyalari
yangicha
xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning
organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.
D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida, A.Smit
tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini yanada rivojlantirgan.
231
Uning fikricha, “Soliqlar – hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer
mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va
oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi
hisobidan to‘lanadi”
13
.
S.Pepelyayevning
fikriga
ko‘ra,
“Soliq – hokimiyat
subyektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va
yuridik shaxslar mulklarini majburiylik, yakka tarzda, xolisona,
qaytarmaslik,
davlatning
majburlashi
bilan
ta’minlanganlik
asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan
qonunda belgilangan yagona shaklidir”
14
.
D.Chernikning fikricha, “Soliqlar – davlat tomonidan xo‘jalik
subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda
undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi”
15
.
B.Boldrev “Soliqlar – davlat tomonidan undirib olinadigan,
jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to‘lovlari” deb
ta’riflagan
16
.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan
majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga
kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini
tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib
chiqadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini to‘liq tushunishimiz uchun,
dastavval, soliq so‘zining tarixan mavjud bo‘lgan iqtisodiy ma’nosini
to‘g‘ri tushunib, tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi — iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘rinni
egallaydi. U tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va
jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo‘jalik yuritish yoki tezkor
boshqaruv huquqida tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini davlat va
mahalliy tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida undiriladigan
majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovlarni aks
ettiradi, ya’ni soliq – davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar
_____________________
13
Д.Рикардо. Сочинения. T.1. Haчaлo политической экономики и нaлoгoвoгo обложения. Пер. с aнг. -M.,
«Гoспoлитиздaт», 1990, стр. 360.
14
С.Г.Пепеляев. Ocновы налогового npaвa. -M., 1995
15
Д.Г.Черник. Налоги в рыночной экономике. -M., «Финанс», 1992, стр. 19.
16
В.Болдрев. Финансы кaпитaлизмa. -M., «Финанс», 1987
232
bo‘yicha, soliq to‘lovchining bundan biron-bir muayyan manfaat
ko‘rishi bilan bevosita bog‘lanmagan tarzda undiriladigan pul
yig‘imidir.
Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining
asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi
davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga
solishning bilvosita quroli hisoblanadi. Demak, soliqlar — bu
byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy
munosabatlardir. Shunday ekan, soliqlarni to‘lamaslikka, soliq
obyektini yashirishga, soliq so‘mmasini kamaytirib ko‘rsatishga na
huquqiy, na jismoniy shaxslarning haqqi yo‘q.
Soliq to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan
davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy
vositasi hisoblanadi. Biron-bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur
qilish mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromadlari (pul
fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmini
oshirishga,
ishlab
chiqarishni
rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, mahsulotlar
raqobatbardoshligini oshirishga, kichik biznesni rivojlantirishga,
bozor
infratuzilmasini barpo qilishga
hamda
umumdavlat
ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.
Jamiyat rivojlanishi tarixida hali biror davlat soliqlarsiz mavjud
bo‘lgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat o‘zining ichki va
tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning
asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika
va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy
dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxs-
larning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurs-
lardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx
belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga
solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi
va h.k. Shuning uchun soliqlar orqali shakllangan mablag‘larning eng
kam miqdori davlat vazifasi bajarilishiga taalluqli eng kam xarajat
hajmi bilan bog‘liq bo‘ladi va shu hajm bilan chegaralanadi.
233
Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim
kategoriyasi bo‘lib, albatta, yanada kengroq kategoriya – davlat
byudjeti bilan chambarchas bog‘langan. Chunki soliqlar byudjetning
shakllanishida ishtirok etadi
17
.
Soliqlar moliyaviy resurslarning davlat ixtiyorida to‘planib
borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning
umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi
va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib
daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Moliyaviy va iqtisodiy tushunchalardan farqli ravishda soliq
nomoddiy xarakterga ega hisoblanadi. Chunki soliqlar nomoddiy
bo‘lganligi uchun ko‘rish yoki ushlab ko‘rish mumkin emas. “Soliq
to‘lash” tushunchasi “pul to‘lash” tushunchasi bilan teng mazmunga
ega emas. Soliqlar avvalo, fuqarolarning majburiyati hisoblanib, har
doim ham to‘lov amalga oshirilishi ro‘y bermaydi. Bunda yaratilgan
mahsulotning bir qismi davlat hisobiga o‘tkazilishi yoki majburiy
tarzda undirilishi ham mumkin demak, soliq bir vaqtning o‘zida
tovarni ham, huquqiy jihatdan majburiyatni ham ifodalamoqda.
Iqtisodiy munosabatlarning tub mohiyatini ifodalovchi
ayirboshlash munosabatlari dastavval “tovar-tovar” shaklida amalga
oshgan. Kelgusi taraqqiyot mahsulot va xizmat turlarining
ko‘payishiga va ushbu shakldagi ayirboshlash jarayonining yanada
murakkablashi- shiga olib keldi. Bunday masalani hal etish moliya
tizimini yaratish orqali hal etildi. O‘sha davrlarda ayirboshlash
munosabatlarida qiymat vazifasini bajarib kelgan alohida tovarlar,
ya’ni qimmatbaho metallar (masalan, oltin, kumush, mis),
asta-sekinlik bilan moliyaviy vositalar (pul, qarz majburiyatlari,
veksel)ga almashib borgan. Bu esa o‘z navbatida moliya tizimining
“tovar-pul-tovar” munosabatlarini shakllanishiga olib keldi.
Moliya tizimining taraqqiy etishiga qaramasdan zamonaviy
iqtisodiyotda hanuzgacha barter operatsiyalari saqlanib qolmoqda.
Bu esa o‘z navbatida soliq tizimining shakllanishiga olib keldi.
Soliqqa tortish tizimining rivojlanishi bilan davlatning
tovar-moddiy boyliklarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish davlat
__________________________
17
A.Vahobov, Z.Sirojiddinova. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti. -T., ТMI, 2002.
234
byudjetini tashkil qilish orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bunda
soliq mablag‘larini to‘plash, qayta taqsimlash va sarflash bilan
bog‘liq jarayonlar byudjet jarayonida o‘z aksini topdi.
Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida ham byudjet
jarayoni tashkil etishning samarali moliyaviy mexanizmi mavjud
emas. Zamonaviy davlat tizimining byudjet tizimi moliyaviy
xarakterga ega bo‘lsada, uni mablag‘ bilan to‘ldirishning asosiy
manbasi soliqlardir. Bunda soliqlarni to‘lash nafaqat pul shaklida
(byudjetni shakllantirishning moliyaviy-soliq mexanizmi), balki,
davlat hisobiga turli qimmatbaho tovar-moddiy boyliklarni o‘tkazib
berish (byudjetni shakllantirishning iqtisodiy-soliq mexanizmi)
orqali ham amalga oshadi.
Soliqqa
tortishning
mohiyati
moliyaviy-iqtisodiy
va
davlat-huquq sohasiga oid fanlarning kesishuvida paydo bo‘lgan.
Soliqqa tortish tarmoqlararo xarakterga egadir. Chunki uni
davlat–huquq munosabatlari nuqtai nazaridan ham, iqtisodiy fanlar
nuqtai nazaridan ham olib qarashimiz mumin. Bunday yondashuv
soliqqa oid fanlarning majmuaviy tarzda yangi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar sifatida tizimlashuviga olib keldi va forosologiya
fanining vujudga kelishini ta’minladi.
Forosologiya (yunoncha, foros – soliq va logos – fan) – bu
soliqlarning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi, mohiyati, soliq
tizimlari va soliqqa tortish amaliyotini o‘rganuvchi fandir.
Forsologiyaning asosiy vazifasi nafaqat tovar ishlab chiqarish
sohasida, balki iste’mol sohasida ham oqilona soliqqa tortish tizimini
yaratishdan iborat. Forsologiya soliq munosabatlarining rivojlanish
dinamikasi va qonuniyatlarini tahlil qiladi, turli normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqish orqali soliq sohasida oqilona soliq
apparatini vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |