652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
Soliq organlarining huquqlari quyidagilardan iborat: Soliq organlari quyidagilarga haqli:
soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va
yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan
hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan, elektron tarzda
taqdim etishini talab qilish;
soliq kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va
boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish;
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va
boshqa binolarni, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun
foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq
joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar,
ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kassani va
tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki
kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa,
sud qarori bo‘yicha muhrlash;
soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq
hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qo‘yish;
245
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa
ma’lumotlarni olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan
hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot,
shuningdek, boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil
ravishda aniqlash;
o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan
soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z
vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish;
soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llash;
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha
tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga
o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka
tartibdagi
tadbirkorlarning
tovar-moddiy
boyliklarini
davlat
daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy
olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga
da’volar kiritish;
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
soliq to‘lovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida
soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va
o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda, shu-
ningdek, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining baja-
rilishi bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
soliq kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchining
yoki soliq agentining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operat-
siyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qo‘yish;
soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini
bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini
nazorat qilish;
246
soliq kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar
tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham
amalga oshirishi mumkin.