241
–
Mijozlarga mo‘ljallangan servis tizimi bo‘yicha soliq
to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish.
–
Tavakkalchilikni baholashga
asoslangan yondashuv,
kameral nazoratning innovasion usullarini joriy etish, jismoniy va
yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari yuzaga kelganligi
to‘g‘risida axborot ayirboshlash bo‘yicha davlat organlari va
tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish.
–
Davlat soliq xizmati organlarining
tashkiliy tuzilmasini
takomillashtirish.
–
Elektron QQS ma’muriyatchiligi tizimini joriy etish.
–
O‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida soliq organlariga
«onlayn» rejimida axborot uzatilishini ta’minlovchi nazorat-kassa
mashinalarini, shuningdek, ayrim turdagi tovarlar (mahsulotlar)
axborot beruvchi markirovkasi va harakati monitoringini joriy etish.
–
Transfert narxlar shakllanishiga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning operatsiyalari ustidan nazorat qilish me-
xanizmlarini belgilash va soliqqa tortish tartibini takomillashtirish.
–
Soliqqa
tortish
tashkiliy-huquqiy
shaklga
bog‘liq
bo‘lmaydigan tartibni joriy etish.
–
Soliq solinadigan bazasi o‘xshash bo‘lgan
ayrim turdagi
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni qayta
ko‘rib chiqish va qisqartirish.
–
Ortiqcha to‘langan soliqlar va majburiy to‘lovlar
so‘mmalarini qaytarish va hisobga kiritish mexanizmlarini
takomillishtirish va soddalashtirish.
–
Soliq huquqbuzarliklari uchun jarima jazolarini qayta
ko‘rib chiqish va javobgarlikni kuchaytirish, jarimalar va penya
hisoblashning ochiq-oshkor mexanizmlarini belgilash.
–
Soliq imtiyozlarini faqat maqsadli
berish tartibini ishlab
chiqish va tasdiqlash, ular qo‘llanishini monitoring qilish va
samaradorligini
baholash
tizimini
joriy
etish,
samarasiz
foydalanilgan imtiyozlar summalari byudjetga majburiy qaytarilishi
to‘g‘risidagi normalarni belgilash.
–
Davlat soliq xizmati organlarida ichki soliq auditini tubdan
takomillashtirish, ilg‘or xorijiy amaliyotga muvofiq poraxo‘rlikka
qarshi ichki nazorat tizimlarini joriy etish.
242
–
Soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasidagi soliq
nizolarini sudgacha hal etish mexanizmini joriy etish, ixtisoslashgan
jamoatchilik tashkilotlari vakillarini kiritgan holda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzurida soliq nizolarini sudgacha hal
etish bo‘yicha mustaqil idoralararo ekspert kengashini tashkil etish.
–
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda soliq masala-
lariga doir axborot ayirboshlash va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashga qarshi kurashni tashkil etishga yo‘naltirilgan ilg‘or xalqaro
tashabbuslarga qo‘shilish.
–
Axborot texnologiyalarini (vebinarlar, onlayn-chatlar)
ham qo‘llagan holda soliq organlari tomonidan
tushuntirish ishlari
kuchaytirilishi vositasida soliq to‘lovchilarning soliqqa oid
savodxonligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: