235
yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo‘jaligi tizimi ishlab
turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar orqali
korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat apparatini,
mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o‘z
daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (ko‘pgina madaniyat
muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki
lozim darajada rivojlanishi ta’minlash uchun o‘zining mablag‘i
yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental kutubxona, teatrlar,
muzeylar, ko‘plab o‘quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida
undirib olish jarayoni ro‘y beradi.
Soliqlarning tartibga solish
funksiyasi
davlat soliqlar orqali
ishlab chiqarish sharoitlarini, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga
solib boradi, iqtisodiy faoliyat uchun muayyan «soliq iqlimi» yaratadi.
Soliqlar o‘zining iqtisodiy funksiyasi orqali takror ishlab chiqarishga
ta’sir ko‘rsatadi, uning o‘sish sur’atlarini rag‘barlantiradi yoki
pasaytiradi, mablag‘ to‘planishini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi,
aholining to‘lov qobiliyati talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga solish funksiyasining ahamiyati bozor
sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram
qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi,
korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar
yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot»
tushunchasining o‘zi asta-sekin yo‘qola boradi. Biroq iqtisodiy
faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul
bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: