Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Soliq organlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliq organlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi; 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va 
yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida 
to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan 
bog‘liq obyektlar, hisoblangan va to‘langan soliqlar to‘liq va o‘z 
vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi; 
soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarga ularning 
huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi, shuningdek 
o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida xabardor qilishi; 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon 
qilishi; 
soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro 
etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi; 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini tahlil 
qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan 
sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli 
davlat organlariga kiritishi; 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa 
oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va 
joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi 
arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o‘rganishi; 
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan 
pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi; 
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga 
kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining 
buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarga topshirishi; 


247 
o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import 
operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya 
etilishi ustidan nazorat qilishi; 
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi; 
soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha 
soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma 
tuzishi; 
soliq kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz 
undirishi; 
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi 
norezidentlarini 
hisobga 
olishi, 
ularga 
soliq 
to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda 
statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda 
ma’lum qilishi; 
soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida 
hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi; 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari 
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma 
tushuntirishlariga amal qilishi shart. 
Soliq organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin