Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliq logistikasi 
– soliq to‘lovchilarning zaruriy soliq 
to‘lovlarini amalga oshirishini ta’minlash maqsadida ularning 
moliyaviy yoki soliqqa tortiladigan daromadlarini samarali 
boshqarishga qaratilgan faoliyatdir. Uning asosiy maqsadi soliq 
to‘lovlarini belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanishiga erishish va 
ushbu maqsadda iqtisodiy jihatdan samarali va maqsadli bo‘lgan 
soliqqa tortish usullari va stavkalaridan foydalanishdir. Shu bilan 
birga soliq imtiyozlaridan ham samarali foydalanish, mablag‘larning 
manzilli undirilishiga erishish lozim. 
Soliqlar orqali takomillashtirish – 
soliq va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish tartibi, sxemasi, miqdori, muddati va shaklini 
oqilona tashkil qilishga qaratilgan faoliyatdir. Soliqlar orqali 
takomillashtirish soliq to‘lovlari miqdorini saqlab qolgan holda 
ularni undirish shakllarini va muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga 
ham yo‘naltirilgan. Buning natijasida soliq to‘lovchilar uchun qulay 
bo‘lgan soliqqa tortish tizimi yaratiladi va ular o‘zlari uchun eng 
qulay bo‘lgan shart-sharoit va tartiblarda belgilangan soliqlarni 
to‘lashi mumkin bo‘ladi. 
Soliqlarning minimallashuvi –
bu soliq to‘lovchilarning 
iqtisodiy holatini yanada barqarorlashtirishga qaratilgan mexanizm 


257 
bo‘lib, iqtisodiyotning tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan soliq 
tushumlarini soliq to‘lovlarining eng minimal hajmi orqali amalga 
oshirishga qaratiladi. 
 
3. Soliq munosabatlarining ishtirokchilari 
Bugungi kunda soliq munosabatlarining ishtirokchilari 
quyidagilar: 
1) Davlat soliq xizmati organlari

O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, 
shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari; 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin