254
Davlat soliqlari va yig‘imlari – bu Soliq kodeksida belgilangan va
respublika hududida to‘lashga majburiy hisoblangan to‘lovlardir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi
davlat soliqlari amal qiladi:
– qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);
– aksiz solig‘i
– yuridik shakxslarning foyda solig‘i;
–
jismoniy shaxslarning daromad solig‘i;
– yer qa’ridan fordalanganlik uchun soliq;
–
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
–
mol mulk solig‘i
–
yer solig‘i;
–
ijtimoiy soliq.
Mahalliy soliqlar
– bu Soliq kodeksi va mahalliy hokimiyat
organlarining soliqlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlari bilan
belgilangan soliqlar bo‘lib, muayyan hudud (tuman, viloyat) da amal
qiladi.
Bugungi kunda quyidagi turdagi mahalliy
soliqlar undirilishi
mumkin:
–
jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i;
–
yer solig‘i;
–
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
–
boshqalar.
2. Soliq mexanizmi
Soliq mexanizmi – davlat tomonidan soliq munosabatlarini
tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida)
soliqqa
tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini
ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi – bu soliq
munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib,
u iqtisodiy,
ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat
tomonidan qo‘llaniladi.
Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibiga kiradi. Soliq
mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni
255
tashkil qilishning barcha elementlari yig‘indisi tushuniladi. Bunday
elementlarga
soliq obyekti, subyekti, manbai, soliq stavkasi, to‘lov
muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi.
Soliq mexanizmi
amaldagi soliqlarni hayotga tatbiq etishni ifoda etilishini ifodalaydi.
Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining
yig‘indisidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan
tushunchadir.
Soliq mexanizmi, iqtisodiy kategoriya bo‘lgan soliqlardan farqli
o‘laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi
sifatida ustqurmaga
tegishli bo‘lib, uni amalga oshirish shakli subyektiv xarakterga
egadir. Soliq mexanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish
uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining
tarkibiy elementlarini
eslab o‘tish o‘rinlidir.
Soliq obyekti, soliq subyekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni
to‘lash muddatlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni
hisob-kitob
qilish
va
byudjetga
o‘tkazish tartibi, soliq
to‘lovchilarning mas’uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat
olib borish tartibi va boshqalar soliq mexanizmining muhim tarkibiy
elementlari hisoblanadi.
Makrodarajada soliq mexanizmi davlat soliq ma’murchilikgi va
uni tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: