266
Uchinchi
bosqichda,
hamkor
mamlakatlarda
soliqqa
tortiladigan daromadlarni turlicha aniqlash sababli kelib chiqadigan
ikki yoqlama soliqqa tortishga barham beriladi. Bunday ikki yoqlama
soliqqa tortish, odatda, soliq organlarining o‘z vakolatlari doirasida
soliqlarni undirish uchun soliq to‘lovchilar daromadlarini qayta
taqsimlash bo‘yicha harakatlaridan kelib chiqadi. Aksariyat
mamlakatlarda soliq organlariga bunday huquq ichki qonunchilikda
ko‘zda tutilgan bo‘lib, tadbirkorlik daromadlari,
foiz va royalti
to‘g‘risidagi kelishuv moddalari bilan tasdiqlanadi. Masalan, 1977-
yilda qabul qilingan konvensiyaning tadbirkorlik daromadlari
to‘g‘risidagi moddalariga binoan, “doimiy faoliyat yurituvchi
tashkilot”ning foydasi soliq ma’muriyati tomonidan xuddi shunday
faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi korxona,
tashkilotning foydasi
kabi hisob-kitob qilinishi mumkin. Foiz va royalti haqidagi moddada
esa, kreditor va qarzdor o‘rtasidagi alohida kelishuvlar natijasida
kelib chiqadigan o‘zgarishlarga barham berish to‘g‘risida so‘z
boradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, agar biror mamlakat mahalliy
korxonalarga nisbatan soliqqa tortiladigan daromadni yoki biror
shaxsni, xorijiy shaxs foydasiga o‘tkazgan va xarajat sifatida aks
ettirilgan so‘mmasini tiklasa, unda ushbu so‘mmani oluvchi
xorijiy
shaxs daromadlari bo‘yicha kerakli o‘zgarishlarni amalga oshiriladi.
Aks holda, birinchi mamlakat soliq organlarining bunday
kvalifikasiyani inobatga olmasligiga qaramasdan, xorijiy shaxs
tomonidan olingan ushbu so‘mma, xorijiy shaxsning daromadi
sifatida qaytadan soliqqa tortilishi mumkin.
Soliq kelishuvlari
mavjud bo‘lmagan sharoitda, birinchi mamlakatning soliq organlari,
soliq to‘lovchining bunday daromadlari, ikkinchi davlat hukumati
tomonidan daromad sifatida tan olinmaydi va ushbu daromadlarni
soliqqa tortish bazasidan chiqarish zarurligi bo‘yicha iltimos-
nomasini ko‘pchilik hollarda qondirmaydi.
Soliq kelishuvlari, ikki yoqlama soliqqa tortishga barham berish
amaliyotidan
tashqari, soliq to‘lashdan chetga chiqish holatlariga
qarshi kurashni ham ko‘zda tutadi. Ushbu sohada soliq kelishuvlari
orqali soliq organlari hamkorligining asosi va tartibi belgilab olinadi.
Shuning uchun ham, soliq kelishuvlarida daromadlarni yashirishga
qarshi, chet elga daromadni yashirin tarzda o‘tkazishga qarshi soliq