259
– davlatning ilmiy asoslangan soliq siyosati konsepsiyasini ishlab
chiqish va amaldagi soliqqa tortish amaliyoti bilan uyg‘unlashuvini
ta’minlash;
– soliqqa tortishning asosiy
konsepsiyalarini belgilash, davlat
soliq ma’murchiligi asoslarini va uning asosiy tamoyillarini belgilab
berish va hokazolar.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabat-
lardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika
iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va rivojlanishiga
har tomonlama
faol ta’sir ko‘rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo‘lib,
iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham
iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq davlatning moliyaviy manbayi bo‘lganligi sababli va
yuqori tashkilot bo‘lganligi sababli,
soliq siyosatini ishlab
chiqishning asosiy tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning
uchun davlat o‘z qonunidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib uni
ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya
vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy tashkilotlar kiradi. Davlat soliq
siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati, ahamiyati,
kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o‘rganiladi.
Yangi
kiritilayotgan soliqlarning ilmiy asoslanganligi tekshiriladi. Faqat bir
soha mutaxassislari taklifini tezda olib, ularga qarab qaror qilishi
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki har sohaning vakili o‘z sohasining
vazifalaridan kelib chiqib takliflar qilishi, umumdavlat manfaatlarini
to‘liq ilgaridan ko‘ra olmasligi mumkin. Ma’lum
qarorga
kelingandan so‘ng soliq siyosati loyihasi qaror chiqaruvchi organ
tasdig‘iga berilsa maqsadga muvofiq, bozor iqtisodiyoti mohiyatiga
mos keladi. Tasdiqlangan soliq siyosatining keng jamoatchilikka
ommaviy axborotlar orqali ma’lum qilish zarur. Shunday siyosatning
ijrosini ham strategik jihatdan, ham taktik jihatdan ta’minlashni yana
davlat o‘z zimmasiga oladi. Buning uchun o‘zining tegishli
idoralarini ishga soladi.
Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to‘liq
hayotga tadbiq qilishning tashkilotchisi va boshqaruvchisidir.
Davlatning faol soliq siyosati yuritishi
bozor iqtisodiyotiga
muvaffaqiyatli o‘tish va uning munosabatlarini rivojlantirishning
260
muhim omilidir. Shunday qilib, soliq siyosati orqali davlat respublika
iqtisodiyotini har tomonlama barqarorlashtirish va rivojlantirishga
faol ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: