263
Har bir mamlakat uchun halqaro soliq munosabatlarini tartibga
solinishida quyidagilar asosiy vositalar hisoblanadi:
bir yoqlama chora-tadbirlar yoki milliy soliq siyosatining
chora-tadbirlari bo‘lib, boshqa mamlakatlar hukumatlari bilan hech
qanaqa kelishuvlarsiz amalga oshiriladi (mamlakatda faoliyat
yuritayotgan xorijliklar va mamlakatning xorijda faoliyat yuritayot-
gan fuqaro va korxonalariga nisbatan soliq tartibining belgilanishi);
shartnomaviy chora-tadbirlar, ikkinchi
tomon bilan yoki ikki
tomonlama, yoki ko‘p tomonlama asosda (xalqaro kelishuv), yoki
«soliqlarning garmonlashuvi» deb nomlanadigan kelishuvlar doirasida
(ya’ni, ikki yoki undan ortiq shartlashayotgan mamlakat- larning milliy
soliq siyosatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida)gi chora-tadbirlar.
Hozirgi kunda, amalda yuzdan ortiq soliq kelishuvlari mavjud.
Bundan tashqari, u yoki bu darajada mamlakatlar o‘rtasidagi soliq
munosabatlariga taalluqli bo‘lgan turli xil xalqaro kelishuvlar ham
mavjud.
Umuman, soliq kelishuvlari bir necha ko‘rinishga ega:
– ma’muriy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv;
– “chegaralangan” soliq kelishuvlari;
– umumiy soliq kelishuvlari;
– hadya va merosdan olinadigan soliqlar bo‘yicha kelishuv;
– ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha soliq kelishuvlari va
boshqalar.
Hozirda ushbu kelishuvlarning barchasi ko‘pchilik vaziyatlarda
yangi kelishuv shakli bo‘lgan - «Umumiy soliq kelishuvi» bilan
almashtirilmoqda (ushbu soliq kelishuvi to‘liqligicha «Ikki yoqlama
soliqqa tortishni bekor qilish hamda daromad
va kapitalni soliqqa
tortish sohasidagi chetga chiqishlarga qarshi kurash bo‘yicha
kelishuv» deb nomlanadi va asosan, birinchi Jahon urushidan so‘ng,
keng qo‘llanila boshlangan).
Birlashgan millatlar tashkiloti u yoki bu xalqaro dasturlar
asosida bozor islohotlarini amalga oshirayotgan davlatlarga ma’lum
bir loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish hamda
hamkorlik qilishni amalga oshiradi. Bunday hamkorlik yo‘nalishlari-
dan biri – zamonaviy xalqaro iqtisodiy talablarga javob beradigan
milliy soliq tizimining yuzaga kelishiga, shakllanishi va
264
rivojlanishiga yordam berishdir. Soliq kodeksning asosiy maqsadi
islohotlarni amalga oshirayotgan davlatlarga
ilmiy asosda Soliq
munosabatlarini boshqarish, yagona terminologiya va yagona
mazmundagi izohni yaratish imkoniyatlarini taqdim etishdir.
Soliq kodeksi namuna sifatida bo‘lishiga qaramasdan, unda
soliq to‘lovlarining aniq stavkalari, uning minimumlari va imtiyozlar
berilgandir.
Kodeks matni va unda berilgan stavkalar kodeksdan foyda-
lanishni xohlovchi davlatlar uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy
tusga ega.
Milliy soliq qonunchiligi tayyorlanayotganda ushbu davlat
mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi
aniq iqtisodiy va huquqiy
shart-sharoitlar inobatga olinishi kerak.
Kodeksda berilgan nizom alohida ahamiyatga egadir. Bu
nizomga ko‘ra, soliq tizimi orqali iqtisodiy subsidiyalar berish to‘g‘ri
subsidiya to‘lovlariga nisbatan kam samaralidir. Imtiyoz turlari va
yengilliklarning ko‘pligi, soliq imtiyozlarini nazorat qilishning
qiyinligi sababli, soliq tizimini murakkablashtiradi va samarador-
ligini tushiradi, uning zarur bo‘lgan egiluvchanlik xususiyatlarini
yo‘qotadi.
Bundan kelib chiqadiki, kodeksda soliqlardan vaqtin-
chalik yoki doimiy ozod etish kabi imtiyozlar ko‘zda tutilmaydi.
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti xususiyatlarini hisobga olgan
holda, Kodeks mualliflari fikricha, ushbu davlatlar daromadlari
asosiy qismi bojxona bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar
hamda korxona va tashkilotlar foydasiga soliq hisobiga shakllanadi.
Bunday
soliq tizimi ular fikricha, soliqlarni undirish bilan bog‘liq
bo‘lgan ma’muriy xarajatlar jismoniy shaxslar daromadidan
olinadigan soliqqa nisbatan kam bo‘ladi.
Tavsiya etilayotgan Kodeksdagi soliqlar tizimiga faqatgina
yuqori daromadlarga ega bo‘lgan aholi qismiga qo‘llaniladigan
jismoniy shaxslardan olinadigan individual daromad solig‘i ham
kiritilgandir. Bu bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlarda asosan
rivojlanayotgan va sobiq ittifoq davlatlarda individual daromad
solig‘ini rivojlangan davlatlardagi kabi keng miqyosda qo‘llash
uchun yetarli darajadagi ma’muriy va huquqiy mexanizmlar mavjud
emasligi bilan izohlanadi. Individual daromad solig‘i soliq
265
tushumlari
maqsadida emas, balki tenglik hissini qaror toptirish
maqsadida joriy etiladi.
Soliq kodeksi soliq qonunlarini tayyorlash va qabul qilishga
qaratilgan soliq islohotining dastlabki bosqichi bo‘ldi. Adolatli va
yuqori salohiyatli soliq xizmatining mavjudligi soliq islohotidagi
muvaffaqiyatlarning zaruriy sharti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: